ʼ (belgi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
ʼ

ʼ (belgi) ("tutuq belgisi" yoki "apostrof") — lotin alifbosidagi belgi. Oʻzbek tili lotin alifbosining qoʻshimcha harfidir. Lotin yozuvida kirill alifbosidagi ayirish belgisi ("Ъ") oʻrnida ishlatiladi.

Tutuq belgisida ikki vazifa bor. Birinchi vazifasi, bu belgi aʼlo, baʼzan, eʼlon, eʼtibor, eʼtiqod, feʼl, maʼyus, meʼmor, neʼmat, raʼy, taʼb, taʼzim, shu’la kabi oʻzlashma soʻzlarda unlidan keyin shu unli tovusning choʻziqroq aytilishini ifodalaydi. Ikkinchi vazifasi, inʼom, mas’ul, sanʼat, qatʼiy kabi oʻzlashma soʻzlarda boʻlsa unlidan oldin shu unli oldingi undosh tovushdan ajratib aytilishini ifodalaydi.

Tutuq belgisi va "Oʻ", "Gʻ" harflari[tahrir]

Oʻzbek tilida“ (kirill yozuvida „Ў“) va „“ (kirill yozuvida „Ғ“) harflarini yozishda yoki okina (ʻ) (U+02BB), yoki bir belgili (yakka) qoʻshtirnoq () (U+2018) qoʻllaniladi, tutuq belgisi emas. Masalan, maʼno, aʼlo; ammo gʻalati, oʻzbek.

„Oʻ“ va „Gʻ“ harflarini yozishda qaysi belgi ishlatilishi kerakligi rasman belgilanmagan. Oʻzbekcha Vikipediya va boshqa baʻzi bir saytlarda okina ishlatiladi.[1] Ayrim davlat saytlari boʻlsa bir belgili qoʻshtirnoqni ishlatishadi.[2] Asosiysi "Oʻ", "Gʻ" harflarini yozish uchun ishlatilgan belgi chiziqdan yuqorida yozilgan, ammo teshigi boʻyalgan 6 raqamiga oʻxshashi kerak (6). Koʻp shriftlarda bu 180 gradusga aylantirilgan vergulga oʻxshaydi.

Shunigdek qarang[tahrir]

Manbalar[tahrir]


Oʻzbek lotin alifbosi

Aa | Bb | Dd | Ee | Ff | Gg | Hh | Ii | Jj | Kk | Ll | Mm | Nn | Oo | Pp | Qq | Rr | Ss | Tt | Uu | Vv | Xx | Yy | Zz | | | Ch | Sh | '