Vikipediya:Tasvirlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qisqa havola  VP:T 

Vikipediya maqolalar betlarida tasvirlarni ishlatish olqishlanadi. Maqolani ichiga chiroyli tasvir yoki batafsil chizma oʻrnash uchun, siz baʼzi tayyorlov tadbirlarni oʻtkazishingiz kerak.

Oldindan, tasvirlarni barcha VikiBoʻlimlar uchun umumiy omboriga - Wikimedia Commons yoki mahalliy Vikipediya boʻlimiga yuklash kerak. Birinchi variant Vikipediya qoydalari boyicha afzal chunki VikiOmborga bir matta yuklangan tasvir, Vikipediyaning har bitta boʻlimida ishlatilishi mumkin. Bu maqolalar tarjima qilinishini qulay qiladi.

Tasvirni qayerdan olish kerak?[tahrir]

Agar sizga real obyekting yoki hodisaning fotosurati kerak boʻlsa, siz raqamli kamerani olib uni oʻzingiz suratga oling. Oddiy plyonkali fotokamera ham ishlatishingiz mumkin, lekin suratni olib fotografiyalarni keying aynan koʻchirish kerak boʻladi (va bu har doim qulay emas).

Agar chizma yoki diagramma kerak boʻlsa, avvaldan bir qanday chizish yoki bezash programmani ishlatib, ularni yaratish kerak. Boshqa variant: oddiy qogʻoz ustida kerakli diagrammani tartibli chizib, keying uni aynan koʻchirish lekin sifati yomonroq chiqadi.

Internetdan tasvirlarni olish yoki kitoblardan rasmlarni aynan koʻchirish faqat mualliflik huquqlari ega kishidan ruxsat olib mumkin. Istisnolar: jamoa egaligga oʻtgan surat va rasmlar reproduksiyalari. Qarang: Vikipediya: Tasvirlar manbalari

Balki kerakli tasvir Vikipediyada bor. Tekshirish uchun «Tasvirlar bazasini» qoʻring («Qidiruv» vazifasini ishlatishingiz mumkin). Hamda qarang: VikiOmbor.

Agarki kerakli tasvir Vikipediyada mavjud boʻlsa, lekin sifati tashkil kelmasa, yahshiroq sifarli tasvirni bir xil nom tagida yuklash (eski tasvirni oʻrniga qoʻymoq) tavsiya qilinadi.

Boshqa VikiBoʻlimlardan tasvirlarni ishlatish uchun (misol uchun en:image:Marie_Francois_Xavier_Bichat.jpgni), tasvirni yoki VikiOmborga (tasvir litsenziyasi uni ijozat bersa) yoki maxalliy VikiBoʻlimga oʻtkazish kerak boʻladi. Boshqa VikiBoʻlimlar tasvirlarni bevosita ishlatish Vikipediyada qoʻllab-quvvatlanmiydi.

Agar kerakli tasvir topilmasa[tahrir]

Agar maqola rasm yoki tasvirga muhtoj boʻlsa, lekin siz mos litsenziya bilan tasvirni topib olmasangiz, maqolada {{Illyustratsiya kerak}} shablonni joylashtirish kerak, boshqa ishtirokchilar (balki kerakli tasvirga egalar) eʼtiborini jalb qilish uchun.

Tasvirlar uchun talablar[tahrir]

Maqolaga tasvir oʻrnashdan oldin, tasvir bir necha talablarga muvofiq boʻlishi kerak:

  • Mualliflik huquqlari rioya qiling: mualliflik huquqlari ega kishidan ruxsatsiz Vikipediyaga hech kachon yuklamang.
  • Rangli tasvir, surat, fotografiya, va baddiy asar reproduksiyalari uchun JPEG formatini ishlating; chizmalar, ekran tutishlari, belgilar va hokazo — PNG formatini. Agar tasvirlaringiz formati boshqa boʻlsa, tafsiya etilganlan formatlarga konvertatsiya qiling.
  • Yuklangan tasvirlar eng katta rezolutsiyaga (razresheniyega) ega boʻlishlari kerak — bu bosmaning yuqori sifatini taʼminlaydi. Tasvir faylning maksimal (Vikipediya qonunlari muvofiq) hajmi — 2 Mbayt, shu uchun tasvirlar rezolutsiyasini yuklashdan oldin kamaytirmang. Oʻrniga tasvir kattaligini, maqolaga oʻrashdan oldin, Vikipediya beliglar komandalari bilan kamaytirishingiz mumkin. Iltimos xarakat qilin, maqolada ishlatilgan tasvirning hajmi 35 kbaytdan (eng koʻpida 70kbayt) kam boʻlishini.
  • Tasvirlarni imzosiz yuklash (boshqa VikiBoʻlimlarda ishlatilishi uchun) tafsiya etiladi. Viki belgilar komandalari orqali imzo osonlik bilan oʻrnatiladi.
  • Har bitta tasvir uchun tavsif sahifasi bor, bu sahifani siz toʻldirishingiz shart. Bu uchun siz manbalar va litsenziyalar haqida maʼlumotlarni tayorlashingiz kerak. Agar siz tasvirni boshqa VikiBoʻlimdan yuklashgan boʻlsangiz, siz faqatgina boʻlimga havolani emas va hamda litsenziya turini koʻrsatishingiz kerak. Hamda qarang: Vikipediya: Tasvirlar litsenziyalari.
  • Qoʻshimcha, muallif nomi va tasvir tavsifi imkoniyat boʻlganda yozilishi tafsiya etiladi. Hamda qarang: Tasvir tavsifi.

Tasvir faylni Vikipediyaga yuklash[tahrir]

Faqat tanishtirilgan ishtirokchilar VikiOmborga va maxalliy bazaga fayllarni yuklashlari mumkin. Operatsiyalarning uzviyligi Fayl yuklash sahifasida tavsiflangan. Fayl yuklash paytida Vikipediya xususiyatlariga eʼtibor bering:

  • tasvirga yangi nom berish uchun faylni boshqatdan yuklash kerak. Faylni eski rivoyatini administrator yoʻqotishi kerak;
  • yuqori sifatili tasvir faylni eski fayl joyiga yuklashda, eski fayl rivoyati yoʻqotilmaydi, oʻrniga Vikipediya «Tarix»ida saqlanadi;
  • Vikipediya fayl nomlarida BOSH va mayda harflar farqlanadi.

Yuklangan fayllarni yuklangan tasvirlar roʻyxatida yoki Tasvirlar kategoriyalari orqali koʻrish mumkin.

Tasvir tavsifi[tahrir]

Fayl yuklashdan keyin, tasvir tavsif sahifasiga havola koʻrsatiladi, bu sahifani siz toʻldirishingiz shart.

Tasvir tavsifi uchun «Tasvir» maxsus andozani ishlatish tavsiya qilinadi. Andozani ishlatish formati:

{{Tasvir|
Nom            = <!--Nom--> |
Tavsif         = <!--Tavsif-->  |
Muallif        = <!--Muallif--> |
Yaratish vaqti = <!--Yaratish vaqti--> |
Manba          = <!--Manba--> |
Litsenziya     = <!--Litsenziya-->
}}
{{Litsenziya turi}}

Tavsiya qilingan tasvir tavsifi[tahrir]

Tavsiya qilingan format:

Nom Tasviringizning nomi
Tavsif Tasviringizning tavsifi
Muallif Muallif
Yaratish vaqti Tasvirning yaratish vaqti
Manba Sizning ishtirokchi nomingiz yoki manba
Litsenziya

Litsenziya turi (tavsiya qilingan turi - GNU FDL; Qarang: Vikipediya: Shablonlar)


Agar siz tasvirni boshqa VikiBoʻlimdan yuklashgan boʻlsangiz, siz faqatgina boʻlimga havolani emas va hamda litsenziya turini koʻrsatishingiz kerak (iltimos imkoniyat boʻlsa tasvir haqida hamma maʼlumotlarni maxalliy sahifaga kopiyalashtiring va Interviki havolasini oʻrnashtiring).

Turkumlarga qoʻshish[tahrir]

Yuklangan tasvirlarni maxsus turkumlarga (Category:Tasvirlar iyerarxiyasiga kiruvchi) qoʻshish kerak. Bu maxsus kategoriyalarning nomlari «Tasvirlar» prefiksi bilan boshlanashi kerak — misol uchun: Category:Tasvirlar: Oʻzbekiston.