Vikipediya:Maqolalarni nomlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ishorat:
VP:NOMLASH

Vikipediya maqolalarini nomlashda quyidagilarga eʼtibor qilish zarur:

  • Faqatgina birinchi soʻzni bosh harf bilan yozish kerak. Maqola nomi ikki yoki undan koʻp soʻzdan iborat boʻlsa, faqat birinchi soʻzni bosh harf bilan yozish kerak (masalan: "Sharq falsafasi", "Sharq Falsafasi" emas). Istisno: atoqli otlar (masalan: Said Ahmad).
  • Sifatlar otlarga yoʻnaltirilishi kerak. Maqola nomi faqat ot turkumida boʻlishi kerak. Sifat turkumidagi soʻzlar ularning ot shakliga yoʻnaltirishi zarur (masalan, liberal sahifasi liberalizm sahifasiga yoʻnaltiradi).
  • Geografik joy nomlarini imkon qadar oʻzbekchada yozish kerak. Agarda biror joy nomi oʻzbekcha adabiyotlarda qoʻllanilmagan boʻlsa yoki aniq bir oʻzbekcha yozilishi boʻlmasa va oʻsha joyning asl nomi lotin yozuvini ishlatadigan tilda boʻlsa, asl nomini maqolaga nom qilish kerak (masalan: Parij, lekin Ceánuri).

Kishilar ismlari [tahrir]

Shaxsiyatlar ismlari transliteratsiyaga muhtoj boʻlsa, fonetik qoidalar va/yoki mavjud anʼanalarga binoan lotin yozuviga oʻgiriladi. Lotin yozuvidagi ismlar lotin yozuviga transliteratsiya qilinmaydi. Agar biror kishining ismi ona tili lotin yozuvlarini ishlatmasa, u holda translit qilish kerak (masalan, George W. Bush, lekin Dmitriy Medvedev). Boshqa tillardagi ismlar oʻzbekchalashtirilmaydi (masalan, Oliqsondir Poʻshqin emas, balki Aleksandr Pushkin).

Umumjahon Til Huquqlari Deklaratsiyasi 34-moddasiga binoan:

« Har kim barcha jabhalarda oʻz ismini oʻzining tilida ishlatish, hamda kerak boʻlsa, boshqa yozuv tizimida oʻz ismining eng mos fonetik transkripsiyasini ishlatish huquqiga ega.[1] »

Shuningdek qarang [tahrir]

Ilovalar [tahrir]

  1. Universal Declaration of Linguistic Rights (inglizcha). unesco.org. “Everyone has the right to the use of his/her own name in his/her own language in all spheres, as well as the right, only when necessary, to the most accurate possible phonetic transcription of his/her name in another writing system.”