Vikipediya:Imzo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻtish: foydalanish, Qidir
Ishorat:
VP:IMZO

Munozara sahifalarida oʻzingizning imzongizni qoldirishni unutmang. Bu boshqa foydalanuvchilarga ular kim bilan suhbatlashayotganliklari, xabar qachon qoldirilganligi haqida maʼlumot beradi.

[tahrir] Imzo qanday qoʻyiladi

Xabar yozib boʻlganingizdan keyin, uni saqlashdan avval xabar oxiriga til'da belgilarini (~) qoʻying. Toʻrtta til'da belgisi (~~~~) foydalanuvchi ismi, uning foydalanuvchi sahifasiga ishorat va xabar yozilgan sanaga aylanadi. Uchta til'da (~~~) esa xuddi shi imzoning oʻzidir, lekin unda sana koʻrsatilmaydi. Beshta til'da (~~~~~) bilan siz faqatgina sanani koʻrsatuvchi (yaʼni, foydalanuvchi ismisiz) imzo qoldirishingiz mumkin.

Bunday yozasiz Bunday saqlanadi Bunday koʻrinadi
~~~ [[Foydalanuvchi:Misol|Misol]] Misol
~~~~ [[Foydalanuvchi:Misol|Misol]] 11:49, 12 noyabr 2009 (UTC) Misol 11:49, 12 noyabr 2009 (UTC)
~~~~~ 11:49, 12 noyabr 2009 (UTC) 11:49, 12 noyabr 2009 (UTC)

[tahrir] Imzo qoʻyish unutilgan hollar

Agar biror xabarni yozgan shaxs imzo qoldirmagan boʻlsa, tegishli sahifa tarixi ochilib, uni kim yozganligini aniqlasa boʻladi. Boshqalar ham tarixni ochib ovora boʻlmasin desangiz, {{unsigned}} shabloni orqali imzo yozib qoʻyishingiz mumkin.

[tahrir] Imzo qayerda qoʻyiladi

Imzoni asosiy maqolalarda qoʻyish mumkin emas. U faqat muloqot uchun ishlatiladi, demak imzoni munozara (jumladan, maqola munozarasi, foydalanuvchi munozarasi, vikipediya munozarasi va hk) sahifalarida qoʻyish kerak.

Koʻrinishlar<!--Views-->
Shaxsiy uskunalar
o‘zgarishlar / ўзгаришлар