Bury a Friend

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Bury a Friend“
Billie Eilish qoʻshigʻi
„When We All Fall Asleep, Where Do We Go?“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 30-yanvar, 2019-yil(2019-01-30)
Davomiyligi 3:13
Leybl
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar) Finneas

Bury a Friend – amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifi Billie Eilish tomonidan kuylangan boʻlib, shu bilan birgalikda uning debyut studiyaviy albomidagi uchinchi singli hisoblanadi When We All Fall Asleep, Where Do We Go? (2019). U 2019-yil 30-yanvarda chiqarilgan. „Bury a Friend“ musiqa tanqidchilaridan ijobiy sharhlarni olgan, ularning bir nechtasi uning qorongʻu tabiati va qoʻshiq matnida ishlatilgan soʻzlarini maqtashgan. Qoʻshiq, shuningdek, Marilyn Manson, Lorde va Kanye West musiqalariga oʻxshatilgan. Bu qoʻshiq katta tijoriy muvaffaqiyatga erishgan, shu jumladan Shvetsiya va Latviyada birinchi oʻringa chiqgan. Qoʻshiq Yangi Zelandiya, Kanada, Avstraliya va Buyuk Britaniyada kuchli oʻntalikka kirgan. Amerika Yozuv Industriyasi Assotsiatsiyasi (RIAA) uni uch karra platina sertifikat bilan taqdirlangan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 29-yanvarda Billie Eilish rasman When We All Fall Asleep, Where Do We Go? qoʻshigʻini chiqarilishini eʼlon qilgan va ertasi kuni, u qoʻshiqning 16 soniyalik tizerini joylashtirilgan[1] [2].

Qoʻshiqning yaratilishi Chikagoda boʻlib oʻtgan, unga Billie EIlish va uning akasi Lollapalooza chiqish qilish uchun tashrif buyurishgan edi[3]. Billie Eilish trek boshida oʻziing ismini eshitishni xohlagan, buning uchun Billie reper Kalvinga qoʻshiqning kirish qismida Billie ismini aytishini soʻragan (Mehki Reyn nomi bilan tanilgan qoʻshiqchi) shundan soʻng Mehki Reyn Billie Eilishga Bury a Friend qoʻshigʻi uchun telefonda yozilgan audio yuborgan[4]. „Bury a Friend“ qoʻshigʻi tijoriy muvaffaqiyatga juda tez erishdierishdi. Bu qoʻshiq AQSh Billboard Hot 100 reytingida 74-oʻrinni egalladi shundan soʻng 60 oʻrinni ammo koʻp vaqt oʻtmay 29,1 million translatsiya natijasi bilan „Bury a Friend“ qoʻshigʻi birinchi haftasida 18 000 marta yuklab olish bilan 14-oʻringa koʻtardi va Bille Eilishning eng musiqiy karyerasini rivojlanishiga juda katta yordam berdi.

Chartlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

chiroyli