Marilyn Manson (guruh)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtish: foydalanish, Qidir
Marilyn Manson
MarilynMansonPromo.jpg
Kelib chiqishi Fort Lauderdale, Florida
Mamlakat AQSh bayrogʻi AQSh
Faoliyat 1989-bugun
Janr Industrial
Alternative Metal
Leybl Nothing Records, Interscope Records
Tarkib Marilyn Manson
Tim Skold
Chris Vrenna
Ginger Fish
Rob Holliday
Sobiq aʼzolar Madonna Wayne Gacy
Mark Chaussee
John 5
Twiggy Ramirez
Zim Zum
Daisy Berkowitz
Sara Lee Lucas
Gidget Gein
Olivia Newton Bundy
Zsa Zsa Speck
Veb-sahifa www.marilynmanson.com, www.mansonfan.net


Marilyn Manson 1990-yillardan beri asosan Industrial Metal tarzida ijod qilgan Amerikali musiqiy guruh.

Mundarija

[tahrir] Tashkil Topishi

Guruh ijod qilishni 1989-yil Spooky Kids nomi bilan boshladi. Guruhning ilk tarkidini Daisy Berkowitz (gitara), Olivia Newton Bundy (bas gitara), Zsa Zsa Speck (klaviyalar)lar tashkil qilgan. Keyinchalik guruhga Pogo laqabi ostida ijod qilgan klaviyachi Madonna Wayne Gacy va bas gitarist Gidget Gein qo'shiladi. Bu tarkib bilan demo albom yozadilar. 1991-yilda Sara Lee Lucas qo'shiladi. Guruhning asosiy maqsadi insonlarni hayron qoldirish edi. Konsertlarda qiziqarli kiyimlar kiyib, olovli tamoshalar namoyish qilar edilar. Guruh katta etibor qozonadi. Nine Inch Nails guruhining asoschisi Trent Reznorni ham etiborini qozonadilar va uning formasi Nothing Records bilan shartnoma tuzadilar.

[tahrir] Portrait Of An American Family

Portrait Of An American Family albomini 1933-yilda yozib bitiradilar. Bu vaqtda Marilyn Manson bas gitarachi Gidget Geinning o'rniga Twiggy Ramirezni oladi. Birinchi singl Get Your Gunn dan muhlislar mamnun bo'ladilar. Guruh tanitim turnesiga chiqadi. Turnedan keyin Anton LaVey bilan uchrashgan Manson "muhtaram" ma'nosini bildirgan va asosan rohiblarga beriladigan "Reverend" unvonini oladi. Bir konsert paytida Sara Lee Lucasning barabanlarini yoqib yuborgan Manson, uni o'rniga guruhga Ginger Fishni oladi. 1955-yilda Smells Like Children nomli EPni chiqargan guruh, Sweet Dreams singllari bilan MTVda ko'p ekranga chiqadigan bo'ldi va ko'pchilikni tashkil qilgan muhlislarga ega bo'ldi.

[tahrir] Antichrist Superstar

Guruh, Mansonning aytishi bo'yicha, qiyomatni anglatuvchi Antichrist Superstar albomini yozishni boshlaydi. Lekin guruh a'zolari orasida muammolar bor edi. Narkotik qabul qilishlari ham katta muammolarga sabab bo'lardi. O'sha paytlar Daisy Berkowitz guruhdan ketadi. Albomda gitarani asosan Twiggy Ramirez chaladi. Keyinchalik guruhga Zim Zum qo'shiladi. 1996-yilda chiqarilgan albom va The Beautiful People singlining olib kelgan muvaffaqiyatlar bilan guruh katta turnega chiqadi. Guruhning mashhurligi ortishiga qaramasdan, qo'shiqlarning so'zlari va ko'rinishlari tufayli ko'p qarshiliklar ko'radilar.

[tahrir] Mechanical Animals

Mechanical Animals yangi albomiga tayyorgarliklar davom etarkan, Marilyn Manson filmlarda rol olishda davom etayotgan edi. O'z hayoti haqida Long hard Road Out Of Hell kitobini yozadi. Albom 1998-yilda chiqariladi. Albomdagi qo'shiqlarni yozilishida Zim Zum qatnashsada, keyin guruhdan ketadi va uning o'rniga John 5 keladi. 1999-yildagi turne paytlarida Columbine Litsey Qirg'ini yuz beradi. Marilyn Manson qotil o'quvchilarga ta'sir ko'rsatgan model sifatida ayblandi. Bu sababdan turne ohirigacha davom etmadi va guruh uzoq vaqt sahnalardan uzoqroq turdi.

[tahrir] Holy Wood

Uzoq vaqt jimjitlikda qolgan guruh, 1999-yilda The Last Tour On Earth nomli konsert albomi chiqaradi. MM studiyoga qamalib yangi qo'shiqlar ustida ish olib borayotgan edi. 2000-yilda Holy Wood (In The Shadow Of The Valley Of Death) chiqarildi. Manson bu albomda Columbine qirg'inidan keyingi tuyg'ularini va Amerikaning madaniyatini tanqid qiladi. Albom tanqidchilar tarafida yoqtirilgan bo'lsada, uncha ko'p sotilmaydi.

[tahrir] The Golden Age Of Grotesque

Marilyn Manson Holy Wood albomi bilan miyasidagi ikkilanmani tugatdi. Yangi albomda 1930-yillarning tasirini ko'rsatish planlarida bor edi. Bu vaqtlarda bas gitarachi Twiggy Ramirez kelishmovchiliklar tufayli ketadi guruhdan va uning o'rniga Tim Skold keladi. Tim Skold musiqiy janrlardan electronica janriga yaqinroq edi va u MMning musiqiy tarziga biroz bo'lsa ham tasir ko'rsatadi. 2003 da chiqgan The Golden Age Of Grotesque albomi chartlaga kiradi. Turneda 1930-yillaga mos qiyofalar va tamoshalar bilan sahnaga chiqadilar. 2004-yilda guruh Lest We Forget nomli "best of" chiqaradi. Best of albomidan keyin John 5 guruhdan ketadi.

[tahrir] Eat Me Drink Me

5 iyun 2007-yilda guruh yangi albomi Eat Me Drink Me ni chiqaradi. Manson hotini Dita Von Teesedan ajrashadi. Shuning uchun albomida sevgi mavzusiga ko'p to'htaladi. Bu esa albomni boshqa albomlaridan ajratib turadi. Albomning boshqa farqli tarafi esa, albomni Marilyn Manson va Tim Skold bilan yozilishi edi. Bu vaqtlarda Madonna Wayne Gacy guruhdan ketadi. Albomni yozuv ishlari tugagandan keyin Chris Vrenna(klaviyalar) va Rob Holliday(bas gitara) guruhga olindilar. Guruh solisti Tim Skold esa gitaraga o'tdi. Albom billboard ro'yxatlarida 8-o'ringa chiqdi.

[tahrir] Guruh Tarkibi va Ismlari

Marilyn Manson - Vokal (1989'dan beri)
Tim Skold - Gitara (2003'dan beri)
Chris Vrenna - Klaviyalar (2007'dan beri)
Ginger Fish - Baraban (1995'dan beri)
Rob Holliday - Bas Gitara (2007'dan beri)

Eski Tarkib Zsa Zsa Speck - Klaviyalar (1989 - 1990)
Olivia Newton Bundy - Bas Gitara (1989 - 1990)
Gidget Gein - Bas Gitara (1990 - 1993)
Sara Lee Lucas - Baraban (1990 - 1995)
Daisy Berkowitz - Gitara (1989 - 1996)
Zim Zum - Gitara (1996 - 1998)
Twiggy Ramirez - Bas Gitara (1993 - 2003)
John 5 - Gitara (1998 - 2005)
Madonna Wayne Gacy - Klaviyalar (1990 - 2007)

Ismlari Marilyn Manson: Mashhur Aktrisa Marilyn Monroe va 1960-yillarning mashhur qotili Charles Manson
Madonna Wayne Gacy: Mashhur qo'shiqchi Madonna va masharaboz qiyofasidagi qotil John Wayne Gacy
Ginger Fish: Raqqosa Ginger Rogers va kichik qizlar qotili Albert Fish
Zsa Zsa Speck: Aktrisa Zsa Zsa Gabor va hamshira qotili Richard Speck
Olivia Newton Bundy: Qo'shiqchi Olivia Newton John va kichik qizlar qotili Theodore Bundy
Gidget Gein: TV qahramoni Gidget va seriyali qotil Ed Gein
Sara Lee Lucas: Mashhur Magazinlar Sara Lee va 108 kishini qotili Henry Lee Lucas
Daisy Berkowitz: TV qahramoni Daisy Duke va "Samning o'g'li" laqabli qotil David Berkowitz
Zim Zum: Kaballa diniga ko'ra "yaratilish"
Twiggy Ramirez: Ingliz model Twiggy va o'ldirganlarini yegan qotil Richard Ramirez

[tahrir] Diskografiya

[tahrir] Albomlar

1994 - Portrait of an American Family
1995 - Smells Like Children
1996 - Antichrist Superstar
1997 - Remix & Repent
1998 - Mechanical Animals
1999 - The Last Tour on Earth
2000 - Holy Wood (In the Shadow of the Valley of Death)
2003 - The Golden Age of Grotesque
2004 - Lest We Forget
2007 - Eat Me, Drink Me
2009 - The High End of Low

[tahrir] Singllar

Portrait Of An American Family

Get Your Gunn
Lunchbox
Dope Hat

Smells Like Children

Sweet Dreams (Are Made Of This)

Antichrist Superstar

The Beautiful People
Tourniquet
Antichrist Superstar
Man That You Fear
Cryptorchid

Spawn Soundtrack

Long Hard Road Out Of Hell

Mechanical Animals

The Dope Show
I Don't Like The Drugs (But The Drugs Like Me)
Rock Is Dead
Coma White

The Last Tour On Earth

Astonishing Panorama of the Endtimes

Holy Wood

Disposable Teens
The Fight Song
The Nobodies
Working Class Hero

Not Another Teen Movie Soundtrack

Tainted Love

The Golden Age Of Grotesque

mOBSCENE
This Is The New Shit
s(AINT)

Lest We Forget

Personal Jesus
The Nobodies 2005

Eat Me, Drink Me

Heart-Shaped Glasses (When the Heart Guides the Hand)
Putting Holes In Happiness

The High End of Low

We're From America
Arma-goddamn-motherfuckin-geddon

Shaxsiy uskunalar
Nomfazolar

Variantlar
Koʻrinishlar<!--Views-->
Amallar
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)
Boshqa tillarda