B yemirilishning asosiy xossalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

ẞ-zarra aynan elektron hisoblanadi. Ikkinchi tomondan ẞ-zarra yadroda tayyor holda mavjud emas. Yadro proton va neytronlardan iboratdir. Aytish mumkinki Beta-zarra yemirilish vaqtidagina paydo boʻladi.

Beta minus yemirilish hodisasi koʻrinishi

B-parchalanish uchun Kulon to'sig'ini muhokama qilib o'tirmasa ham bo'ladi. U faqat yadro ichida hosil bo'ladigan pozitron uchun mavjud. Bu yerda eng muhimi yadro ichida et uzoq qolib ketishini taqiqlashdir. B± parchalanishda 3 ta mahsulot hosil bo'ladi. Shuning uchun spektri uzluksiz. e-qamrashda esa 2 ta mahsulot hosil bo'ladi, spektri esa diskret. Umuman olganda B-parchalanish hodisasi qator murakkab muammolarning yechimini taqozo etadi. Bulardan ajralib chiqayotgan elektronlar energiyasidir. Radioaktiv atom ẞ-nurlar sochib parchalanganda elektonlar katta energiya bilan otilib chiqadi. Bu energiyani turli usul bilan magnit maydonda elektronlarning og'ishini o'lchash yo'li bilan aniqlash mumkin. Kvant nazariyasining asosiy qonunlariga ko'ra, yadroda muayyan miqdorda energiya bo'ladi. Haqiqatdan ham,yadro doim muayyan diskret miqdorda energiyaga ega bo'lgan alfa zarralar va gamma nurlar sochadi. Shu sababli ẞ-nurlanishda ham shu holning kuzatilishi zarur edi. Aniqlanishicha, muayyan izotop yadrosi chiqaradigan elektronlar noldan to maʼlum bir maksimal miqdorgacha bo'lgan uzluksiz energiya spektriga ega ekan. Tajribalar Beta - yemirilish spektri uzluksiz ekanligini ko'rsatdi. Bunda gap energiyaning qayerga isrof bo'layotganida hamdir. Bunda elektronlar o'rtacha qiymatdan kam energiya bilan tarqaladi. Shunday ekan qolgan energiya qayoqqa yo'qoladi degan savolning tug'ilishi tabiiy. Fizikaning asosiy qismi bo'lmish energiyaning saqlanish qonuni B- parchalanishda buziladi.Harakat miqdorining momentining saqlanish qonuni va spin qonuni ham buzilgandek ko'rinadi. Shuningdek ẞ-parchalanishda burchak momentining ma'lum bir ulushi ham yo'qolgandek bo'ladi.ẞ-parchalanish hodisasini to'gri sharhlash imkonini beradigan birorta zarrani o'ylab topish talab etiladi. Bu borada shvetsariyalik fizik Volfrang Pauli quyidagicha mulohaza yuritadi. Agar ẞ-parchalanish xususiyati saqlanish qonunlariga to'g'ri kelmas ekan,demak u jarayon noto'g'ri talqin etilgan. Parchalanish vaqtida va harakat miqdori kichik bo'lgan ko'zga ko'rinmas neytral zarra ham ishtirok etadi deyish mumkin.

Ushbu maqola Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekisto Milliy Universiteti Fizika fakulteti talabasi Xujayev San'atjohn tomonidan wikitaʼlim loyihasi doirasida ingliz tilidan tarjima qilindi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

•Alfa yemirilish

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Neytrinoning massasi juda kichik, lekin o'tkazuvchanlik xossasiga ega. 1930- yilda Pauli B-yemirilish jarayonini o'rganishda juda kichik massali va spini yarimga teng bolgan neytral zarra borligini taxmin qildi. Lekin 1932-yilda Chedvik neytronni kashf etgandan so'ng. Fermi 3-yemirilish jarayonida ishtirok etadigan bu zarrani "neytrino" deb atashni taklif etdi. Pauli taxmin qilgan zarra 25 yildan so'ng kuzatildi va fanda yangi Neytrino fizikasi, Neytrino astranomiyasi kabi sohalar paydo bo'ldi .

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

 k  m  t 
Elementar zarrachalar
Fermionlar: Kvarklar: Yuqori · quyi · Gʻalati · Mahliyo · Ost · Ust | Leptonlar: Elektron · Muon · Tau · Neytrinolar
Bozonlar: Kalibrli bozonlar: Foton · W va Z bozonlari · Gluon
Hali kuzatilmagan zarrachalar: Higgs bozoni | Graviton | Boshqa gipotetik zarrachalar

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]