Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni — tabiatning eng muhim asosiy qonuniyatlaridan biri; unga koʻra, har qanday berk tizimda energiya yoʻqdan bor boʻlmaydi va yoʻqolib ketmaydi, faqat bir turdan ikkinchi turga aylanib turadi. Berk tizimda faqat konservativ (oʻzgarmas) quchlar mavjud boʻlsa, tizimning toʻliq mexanik energiyasi oʻzgarmas qiymatga ega boʻlib qoladi, yaʼni kinetik energiya potensial energiyaga aylanib turadi va aksincha. Agar berk tizimda konservativ kuchlardan tashqari nokonservativ (oʻzgaruvchan) kuchlar (mas, ishqalanish kuchlari) ham boʻlsa, tizimning toʻliq mexanik energiyasi vaqt oʻtishi bilan kamayib boradi. Natijada nomexanik energiyalar: issiklik yoki kimyoviy, elektromagnit maydon energiyalari va boshqalar vaqt oʻgishi bilan ortib boradi. Ammo energiyaning barcha turlari yigʻindisi vaqt oʻtishi bilan oʻzgarmaydi. Tizimda sodir boʻlayotgan jarayonlarning tabiatiga qarab, E.s. va a. q. turlicha ifodalanadi va matematik shaklda yoziladi. Klassik fizikada moddaning saqlanish qonuni tinch holatdagi massaning saqlanishini ifodalaydi. Xolbuki, tinch holatdagi massa saqtanmasligi mumkin, chunonchi, shunday holda annigilyatsiya hodisasida roʻy beradi. (4) formuladan tinch holatda turgan jismga turli usullar bilan berilgan LE energiya jism massasining At ga ortishiga sabab boʻlishini koʻrsatadi.

Barcha moddiy hodisalar uchun, ularning tabiati va xarakteridan, kattakichikligi, masshtabidan qatʼi nazar, E.s va a. q. eng asosiy qonunlardandir. Fan sohasidagi yangi gʻoyalar va faktlarda baʼzan E.s va a.q.ni inkor etuvchi ayrim fikrlar uchrab turgan. Chunonchi, radioaktivlik yoki remirilish xrdisalari E.s va a.q.ga qarshi kechadi degan fikrlar ham boʻlgan. Lekin masalani tegishli ravishda nazariy va eksperimental tahlil qilish natijasida E.s. va a.q. haqiqatan toʻgʻri va universal qonun ekanligi aniqdandi. Elementar zarralar, galaktikalar va metagalaktikalar dunyosida roʻy beruvchi hodisalarni oʻrganishda E.s. va a.q. bilan bogʻliq ziddiyatlar va muammolar hozirgi zamon fizikasida har tomonlama tekshirilmoqda.

E.s va a.q.dan tashqari impulsning saqlanish qonuni, impuls momentining saqlanish qonuni va elektr zaryadning saqlanish qonuni, h. q. kattaliklarning saklanish qonunlari bor. Ularning har biri qandaydir simmetriya xususiyati bilan bogʻlangan. Jumladan, E.s. va a.q. vaqt simmetriyasi, vaqtning bir jinsliligi xususiyati bilan bogʻlangan (q. Simmetriya).

Abror Noʻʼmonxoʻjayev.