Fermion
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fermion yarim spinli elementar zarrachadir. Italyan fizigi Enrico Fermi sharafiga shunday nomlangan. Fermionlar Fermi-Dirac statistikasiga boʻysunadi. Fermionlarga proton va elektron misol boʻlishi mumkin. Standart Modelda fermionlarning ikki tipi: kvark va leptonlar ajratiladi. Fermionlarning 24 hidi bor: 6 ta kvark, 6 ta aksilkvark, 6 ta lepton va 6 ta aksillepton uchun.
Bozonlardan farqli oʻlaroq, berilgan vaqtda kvant holatida faqatgina bitta fermion boʻlishi mumkin (Pauli prinsipi). Yaʼni, fazoning bir nuqtasini bittadan koʻp fermion egallasa, har bir fermion xossalari (masalan, spini) boshqalarinikidan farq qilishi zarur. Shuning uchun fermionlar materiya, bozonlar esa nurlanish asosini tashkil etadi (biroq ular orasidagi farq kvant fizikasida hali toʻla-toʻkis ayon emas).
|
|
|
| Fermionlar: Kvarklar: Yuqori · quyi · Gʻalati · Mahliyo · Ost · Ust | Leptonlar: Elektron · Muon · Tau · Neytrinolar | |
| Bozonlar: Kalibrli bozonlar: Foton · W va Z bozonlari · Gluon | |
| Hali kuzatilmagan zarrachalar: Higgs bozoni | Graviton | Boshqa gipotetik zarrachalar | |

