Pozitron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pozitron (inglizcha: positive — musbat va electron), ye* — musbat elektr zaryadli elementar zarra, elektronning antizarrasi. Uning zaryadi ye=1,60218910-" Kl.; massasi /ya=0,91093- YU"30 kg; magnit momenti ss=9,2848-10-24 J/Tl. P. spini 1/2 ga teng boʻlib, Fermi — Dirak statis-tikasiga boʻysunadi. Antizarralarning mavjudligini birinchi boʻlib P. Dirak bashorat qilgan (1931). Bu nazariyaga asosan zarra va antizarraning massasi, yashash vaqti va spinlari bir xil boʻlib, elektr zaryadi va magnit mo-mentlari modul jihatdan teng, ammo ishoralari qaramaqarshi boʻlishi kerak edi. Keyinchalik ular tajribalarda toʻla tasdikdandi. Birinchi antizarra — P.ning mavjudligini K. D. Anderson kuchli magnit maydoniga joylashtirilgan Vilson kamerasi yordamida kashf etgan (1932).

P. elektromagnit, gravitatsion va kuchsiz oʻzaro taʼsirlarda ishtirok etadi va leptonlar sinfiga kiradi. Statistik xususiyatiga kura, P. fermion hisoblanadi. P. turgʻundir, lekin u elektron bilan toʻqnashganda ye+ yeg juftlar annigilyasiya hodisasi sodir boʻlganligi uchun jismda qisqa vaqt yashaydi. Mas, qoʻrgʻoshinda P.ning yashash vaqti 5-10-" s ga teng.

P.lar bir zarraning ikkinchi zarraga aylanish jarayoni (mas, myuonning yemirilishida, u- kvantlarning P. elektron juftini hosil qilish jarayonida va baʼzi radioaktiv izotoplarning beta yemirilishi)da hosil boʻladi. Beta yemirilishdan hosil boʻlgan P.dan tekshirish maqsadlarida foydalaniladi. P.ning jismda sekinlashish va annigilyasiya jarayonlari jiyemning fizik va kimyo-viy xossalari (mas, kristall panja-raning defekti, elektron oʻtkazuvchanlikning tezliklar boʻyicha taqsimoti, baʼzi bir kimyoviy reaksiyalar kinetikasi) toʻgʻrisida maʼlumot beradi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil