Magnit maydon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Magnit maydon — harakatlanayotgan elektr zaryadlarga va magnit momenpish jismlarga taʼsir qiladigan kuch maydoni. M. Faradey birinchi marta 1845 y.da fanga kiritgan. U elektr oʻzaro taʼsirlar ham, magnit oʻzaro taʼsirlar ham yagona moddiy maydon yordamida amalga oshadi, deb hisoblagan. Elektromagnit maydonning klassik nazariyasini J. Maksvell yaratgan (1873). Oʻzgaruvchi M. m. oʻzgaruvchi elektr maydon bilan uzviy bogʻlangan. M. m. harakatdagi elektrlangan jismlar, elektr tokli oʻtkazgichlar va magnitlangan jismlar atrofida hosil boʻladi (rayemga q.). Elektr toki hosil qiladigan M. m. Bio— Savar — Laplas qonuniga, M. m. ning elektr tokiga taʼsiri esa Amper qonunita asosan aniqlanadi.

M.m. mikrodunyo hodisalarida, kosmik obʼyektlarda ham kuzatiladi. Mikrodunyo hodisalaridagi M.m., asosan, barcha zarralarning magnit momentga ega boʻlishligiga, harakatlanuvchi elektr zaryadiga M. m. koʻrsatadigan taʼsirga bogʻliq. Bular esa moddalardagi paramagnetizm, diamagnetizm, ferromagnetizm, antiferromagnetizm, magnit rezonans, magnitooptika hodisalari, Faradey effekti kabi hodisalarni yuzaga keltiradi.

Harakatlanuvchi elektr zaryadi M. m. da tekis aylanma (vint chizigʻi boʻyicha) harakat qiladi. M.m.ning ayrim joylarida elektr zaryadlarning harakat yoʻnalishi qarama-qarshisiga oʻzgarishi mumkin. M. m.ning bunday joylari magnit koʻzgular deyiladi. M. m. taʼsirida atom ichidagi elektronlar qoʻshimcha harakat qiladi. Atomning nurlanishi M. m. taʼsirida oʻzgaradi (q. Zeyeman effekti). Jismda tarqaluvchi yorugʻlikning qutblanish tekisligi M. m. taʼsirida maʼlum burchakka buriladi (Faradey effekti). Yer, Quyosh singari koʻpgina moddiy sistemalar M. m. ga ega. Quyosh dogʻlari kuchli M. m. bilan bogʻlangan. Quyoshdagi oʻzgarishlar natijasida Yer M. m.ning kuchli gʻalayonlanishi — magnit boʻronlari hosil buladi. Kosmosni oʻzlashtirish, yadrolarni sintez qilish, plazma fizikasi va b. sohalardagi fan va texnika masalalari M. m. ni oʻrganish bilan bogʻliq. M. m., asosan, kucheiz (500 Gs), oʻrtacha (500 Gs dan 40 kGs gacha), kuchli (40 kGs dan 1 MGs gacha) va oʻta kuchli (1 MGs dan yuqori) xillarga boʻlinadi. Kuchsiz va oʻrtacha M. m.dan elektronika, elektrotexnika radiotexnikada, shuningdek, 500 Gs dan 40 kGs gacha boʻlgan M. m.dan zaryadli zarralar tezlatkichlari, Vilson kamerasi, pufakli kamera, mass-spektrometr kabi kurilmalarda foydalaniladi. Kuchli va oʻta kuchli M. m., asosan, qattiqjismlar fizikasida, ferromagnetizm va antiferromagnetizm xossalarini oʻrganishda, magnitogidrodinamik generator va b.da ishlatiladi. Kucheiz va oʻrtacha M.m. doimiy magnitlar, elektr magnitlar, oʻta oʻtkazuvchi magnitlar, solenoidlar (elektr toki utkazgichi) yordamida, kuchli M. m. yoʻnaltirilgan portlatish usulida olinadi (oxirgi usulda mis quvur ichida oldindan kuchli impulyeli M. m. hosil qilinadi va u kuchli portlashning radial bosimiga duch"r qilinadi).

Adabiyot[tahrir]

  • Parsell E., Elektrichestvo i magnetizm [per. s angl.], M., 1971;
  • Landau L. D., L i f sh i s Ye. M., Teoriya polya, 6 izd., M., 1973 [Teoreticheskaya fizika, t.2|.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil