Elementar zarracha
Elementar zarracha yoki fundamental zarracha parchalanishi mumkin boʻlmagan yoki parchalana olishi isbot etilmagan zarrachadir. Standart modelda kvark, lepton va kalibr bozonlar elementar zarracha, deb koʻriladi.
Oʻtmishda adronlar (masalan, proton va neytron) va hatto atomlar elementar zarracha, deb hisoblangan; biroq keyinchalik ularning kichikroq zarrachalardan tashkil topgani ayon boʻldi. XX asrda elementar zarrachalar nazariyasiga kvant tushunchasi kiritildi; bu tushuncha elektromagnetizmda inqilob yasab, kvant mexanikasi sohasi yaratilishiga sabab boʻldi.
Tiplari [tahrir]
Barcha elementar zarrachalar ularning spiniga qarab, bozon yoki fermionlarga ajratiladi. Fermionlar yarim spinga ega boʻlib, materiyani tashkil etadi; fundamental kuchlar maydonlari asosi boʻlmish bozonlar esa butun spinlidir.
-
- Kvarklar — yuqori, quyi, mahliyo, gʻalati, ust, ost
- Leptonlar — elektron neytrino, elektron, muon neytrino, muon, tau neytrino, tau
-
- Kalibr bozonlar – gluon, W va Z bosonlar, foton
- Boshqa bosonlar — Higgs bozoni, graviton
Havolalar [tahrir]
|
|
|
| Fermionlar: Kvarklar: Yuqori · quyi · Gʻalati · Mahliyo · Ost · Ust | Leptonlar: Elektron · Muon · Tau · Neytrinolar | |
| Bozonlar: Kalibrli bozonlar: Foton · W va Z bozonlari · Gluon | |
| Hali kuzatilmagan zarrachalar: Higgs bozoni | Graviton | Boshqa gipotetik zarrachalar | |