Ayrisimon bez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ayrisimon bez (buqoq bezi, ti-mus) – umurtqali hayvonlar va odamda kekirdakning oʻng va chap yonida joylashgan boʻlakchalardan iborat bez. Yoshlik (oʻsmirlik) davrida yaxshi taraqqiy etgan boʻladi. Qon hosil boʻlishida (bunda Ayrisimon bez dan limfotsitlar vujudga keladi), organizmning oʻsishi va umumiy rivoj-lanishida, immunitet yuzaga kelishida ishtirok etadi. Bu bez chaqaloqlarda 12 gr, 14-15 yoshli odamda 30-40 grammgacha yetadi. Keyin inson ulg'ayishi bilan kichiklashib boradi. Bezning timozin gormoni jinsiy bezlar funksyasini pasaytirib, bolani vaqtidan oldin balog'atga yetishiga imkon bermaydi. Bez funksiyasi buzilganda esa barvaqt balog'atga yetish kuzatiladi.

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil