Nerv sistemasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nerv sistemasi — odam va hayvonlar organizmida barcha aʼzolar faoliya-tini bir-biriga bogʻlagan hodda hayotiy muhim funksiyalarni bajaradigan hamda organizmni tashqi muhit bilan bogʻlaydigan sistema. Hayvonlar organizmining evolyusiya jarayonida va organizmlar bilan tashqi muhit oʻrtasidagi murakkab munosabatlarning shakllanishida N.s. hal qiluvchi ahamiyatga ega.

N.s. asosini nerv hujayralari tashkil qiladi. Har bir hujayra oʻzidan chiqqan kalta shoxchalar (dendrit), bitta uzun tola (akson) bilan birga neyron deb ataladi. N.s, asosan, neyronlar toʻplamidan iborat. N.s. filogenez va ontogenezda gavdaning tashqi qavati — ektodermadan rivojlanadi. Organizmlarning tarixiy rivojlanish jarayonida N.s.ning tuzilishi murakkablashib, nerv hujayralarining hajmi va turlari osha borgan, neyronlar strukturasi va ayrim nerv hujayralari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, shu bilan birga N.s.ning funksiyasi ham shakllangan. N.s.ga xos ikkinchi toʻqi-ma — neyrogliya paydo boʻlgan (u tayanch va trofik funksiyalarni bajaradi).

N.s. ning rivojlanishi davrida markaziy nerv sistemasi va periferik nerv sistemasi vujudga keladi.

N.s. shartli ravishda ikki qismga boʻlinadi. Ulardan biri organizmning odam ixtiyoriga boʻysinmaydigan aʼzolariga borib, ularni nerv bilan taʼminlaydigan vegetativ nerv sistemasidkr. Ikkinchi qism odam ixtiyoriga boʻysinib, skelet muskullariga va harakatda ishtirok etadigan ayrim aʼzolarga boradi.

N.s. qoʻzgʻalish toʻlqini — impuls larni nerv tolalari orqali tez oʻtkazilishini taʼminlaydi. Nerv impulslari bir lahzada roʻy beradi va turli aʼzolardan miyaga yoki miyadan aʼzolarga boradi. N.s. harakat funksiyasini, ovqat hazm qilish, nafas olish va b. sistemalar faoliyatini, kon aylanishini va b. jarayonlarni boshqaradi.

N.s. tuzilmalari taʼsirotni sezadi, taʼsirotlar energiyasini nerv qoʻzgʻalishi energiyasiga aylantiradi, bu energiya nerv impulslari shaklida nerv tolalaridan oʻtadi. N.s. murakkablashgan sayin va unda maxsus retseptor (sezuvchi) hujayralar ixtisoslashgan sayin N.s. funksiyalari tobora turli-tuman boʻlib qolgan.

N.s. refleks yoʻli bilan ishlaydi. Organizmda tashki va ichki muxit taʼsirotlarini sezadigan retseptorlar bor. Normal sharoitda organizmga tashqi muhit turli-tuman va doimiy taʼsir kursatishi tufayli retseptorlarda impuls lar vujudga keladi, bular afferent nerv tolalari orqali markaziy N.s.ga oʻtadi; oʻzgartirilgan impulslar esa markaziy N.s.dan efferent nerv tolalari orkali ishchi aʼzolar (muskullar, bezlar va h.k.)ga kelib, ularni ishga soladi yoki ishlash tezligini oʻzgarti-radi. N.s.ning faoliyati qoʻzgʻalish va tormozlanish jarayonlariga asoslangan.

Butun organizm kabi N.s.da ham moddalar almashinib turadi. Bu biokimyoviy jarayon natijasida energiya hosil boʻladi. Nerv tolalari ishlaganda energiyani juda kam sarf qiladi, nervlarning amalda charchamay, barqaror ishlashiga sabab shu. Nerv hujayralarining tanalarida energiya nisbatan kuproq sarflanadi va moddalar tezroq almashinadi. Shuning uchun oziq moddalar va kislorod kamchiligi miyaning kulrang moddasiga kuchli taʼsir koʻrsa-tadi. N.s.ning faoliyatida bir neyrondan ikkinchi neyronga yoki boshqa hujayraga impuls utishida fiziologik faol moddalar — mediatorlar muhim rol oʻynaydi.

N.s.ning ishlashida biotoklar (bioelektr potensiallari) muhim ahamiyat kasb etadi. Ular qoʻzgʻalish jarayonining harakterli belgisi boʻlib, nerv impulslarining utishida katta ahamiyatga ega. N.s. biotoklarini sezgir asboblar yordamida qayd qilish N.s. fiziologiyasini oʻrganishda asosiy usullardan biridir, baʼzan odamdagi N.s. kasalliklarini aniqlashda ham bu usul qoʻllanadi.

I. P. Pavlov nerv sistemasining tiplari (hayvonlar va odam oliy nerv faoliyatining individual xususiyatlari) haqidagi tushunchani fiziologiyaga kiritgan. Qoʻzgʻalish va tormozlanish jarayonlarining kuchi muvozanatlanganligi, harakatchanligi kabi 3 ta asosiy funksional xossani nazarda tu-tib, N.s.ning odam va hayvonlar uchun umumiy boʻlgan quyidagi tiplari aniqlangan: 1)juda jonsarak tipda qoʻzgʻalish va tormozlanish jarayonlari kuchli, ammo muvozanatlashmagan (qoʻzgʻalish tormozlanishdan ustun) boʻladi; 2) juda serharakat tipda nerv jarayonlari juda kuchli, muvozanatlashgan va yaxshi harakatchan (tez almashinadigan) buladi; 3) juda yuvosh tipda nerv jarayonlari kuchli, muvozanatlashgan, lekin harakatchanligi kamroq (sekin almashinadigan) buladi; 4) nimjon tipda nerv jarayonlari sust, bosh miya poʻstlogʻidan nerv hujayralarining ish qrbi-liyati past boʻladi. I.P. Pavlov N.s.ning tiplari bilan odamlarning 4 xil temperamenti (mizoj) oʻrtasida oʻxshashlik borligini anikdadi. Jonsaraktipxolerik temperament-ga, serharakat tip sangvinik tem-peramentga, yuvosh tip flegmatik temperamentga, nimjon tip melanxolik temperamentga mos keladi.

Adabiyot[tahrir]

  • Ahmedov N., Sodiqova N., Normal anatomiya, normal fiziologiya, T., 2003.

Nosir Ahmedov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil