Ingichka ichak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ingichka ichak - odam va umurtqa li hayvonlar ichagining bir qismi; meʼda bilan yoʻgʻon ichak oraligʻida joylashgan. I. i. hazm yoʻlining eng uzun qismi; u meʼdaning oxirgi chiqish qismidan boshlanib, yoʻgʻon ichakning boshlangʻich qismigacha davom etadi; uz. 5—6 m. I. i. oʻnikki barmoqichak, och ichak va yonbosh ichakdan iborat. Oʻn ikki barmoq ichak I. i.ning boshlangʻich qismi boʻlib, uz. 25—30 sm (taxm. 12 barmoq enicha), shakli taqaga oʻxshash. Oʻn ikki barmoq ichakdan och ichak boshlanib, I. i.ning 2/5 qismini tashkil etadi. Och ichak yonbosh ichakka ulanib ketadi: u I. i.ning 3/5 qismiga teng . I. i.devorlari seroz, seroz osti, muskul, shilliq parda osti va shillik, pardadan iborat. Shilliq parda I. i.ning eng ichki qavati boʻlib, burmalar hosil qilib joylashgan. Uning yuzasi juda koʻp vor-sinkalar bilan qoplangan; vorsinkalarda limfa va qon tomirlar hamda nervlar bor. I. i.ning bu kavatida 4 mln. ga yaqin soʻrgʻichlar mavjud. Ovqat boʻtqasi meʼdadan oʻn ikki barmoq ichakka oʻtgach, meʼda osti bezi shirasi, jigardan ajralgan oʻt va ichak shiralari bilan aralashib shimilishga tayyor boʻladi va soʻrgʻichlar orqali qonga soʻriladi. I. i.ning hamma qismida ichak shirasi ishlab chiqaradigan bezlar boʻlib, ular ovqat parchalanishida muhim rol oʻynaydi. I. i.ning oʻn ikki barmoqichak qismi qorin devorining orqasida I— III bel umurtqalari qarshisida joylashgan. Unga asosiy hazm bezlarining yoʻllari, jigar va oʻt pufagining oʻt yoʻllari, meʼda osti bezining shira chiqarish yoʻli ochiladi. Och va yonbosh ichak boʻshligʻining markaziy qismini egallaydi va bir tilay qovuzloqlar hosil qiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil