Abu Voqid al-Laysiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Voqid al-Horis ibn Avf al-Laysiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 687-688-yil (hijriy 68-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi sahoba

Abu Voqid al-Laysiy (arabcha: أبو واقد الليثي — Abu Voqid al-Horis ibn Avf al-Laysiy) — sahoba.

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalarda Abu Voqid al-Laysiyning ismi Avf ibn Molik, Horis ibn Molik yoki Avf ibn Horis shakllarida ham zikr qilinadi. Madinalik sahobalardan hisoblanadi. [Islom]]ning ilk yillarida yoki Makka fath qilingan yili (8/629-630-yillar) musulmon bo‘lganiga doir farqli ikki rivoyat mavjud. Hunayn g‘azoti (8/630-yil) haqida so‘z ketganda, Abu Voqid al-Laysiy u vaqtda hidoyatga yangi kelganining ma’lum qilinishi ikkinchi qarashni quvvatlaydi. Bunga ko‘ra, Badr jangida ishtirok etganiga doir rivoyatning zaif ekani tushuniladi. Abu Voqid al-Laysiy Hunaynda bo‘lgani kabi Makkaning fathida ham Kinona qabilasining bayroqdori bo‘lgan. Umar davrida Shom fathlarida ishtirok etgan. Yarmuk jangida (15/636-yil) bo‘lgan. Umrining oxirgi yilini Makkada kechirgan Abu Voqid al-Laysiy o‘sha yerda vafot etgan va «Muhojirun qabristoni»ga dafn qilingan. 684-685-yil(hijriy 65-yil)da vafot etgani va o‘sha vaqtda olt­mish besh, yetmish, yetmish besh yoki sakson besh yoshda bo‘lgani haqida ham rivoyatlar bor.

Hadislari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Payg‘ambardan boshqa Abu Bakr as-Siddiq, Umar va Asmo bint Abu Bakrlardan hadis rivoyat qilgan. Undan o‘g‘illari Abdulmalik va Voqid, shuning­dek, Ato ibn Yasor, Sa’id ibn Musayyab, Urva ibn Zubayr, Sulaymon ibn Yasor, Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Utba kabi tobe’inlar hadis ri­voyat qilganlar. Yigirma to‘rtta hadisni tashkil etgan rivoyatlari «Kutubi sitta»dan o‘rin olgan. Ulardan o‘n yettitasi Ahmad ibn Hanbalning «Musnad»ida zikr qilingan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Wensinck. Al-Mu’jam. VIII, 289;
  2. Al-Voqidiy. Al-Mag‘āzӣ. III, 820, 890-891, 896, 990;
  3. Musnad. V, 217-219;
  4. Ibn Abu Hotim. Al-Jarh va-t-taʼdӣl. III, 82-83;
  5. Ibn Abdulbar. Al-Istӣ’āb. IV, 215-216;
  6. Ibn al-Javziy. Talqӣh fuhӯm ahl al-asar. — Qohira: 1975. 367;
  7. Ibn al-Asir. Usd al-g‘āba. I, 409; VI, 325-26;
  8. Az-Zahabiy. Siyar. II, 574-576;
  9. Ibn Hajar. Tahzӣb at-tahzӣb. XII, 270-271;
  10. Ibn Hajar. Al-Isāba. IV, 216;
  11. Al-Xazrajiy. Xulāsa tazhӣb. 462;
  12. Asri Çubukcu. „Ebû Vâkid el-Leysî“. TDV İA. — İstanbul: 1994. X, 251-252.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.