Abu-l-Abbos Muhammad as-Saraxsiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu-l-Abbos Muhammad ibn Abdurrahmon ad-Dog‘uliy as-Saraxsiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 975 yoki 999-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis, faqih

Abu-l-Abbos Muhammad as-Saraxsiy (arabcha: أبو العباس محمد السرخسي — Abu-l-Abbos Muhammad ibn Abdurrahmon ad-Dog‘uliy as-Saraxsiy,?, Saraxs — 975 yoki 999-yil) —muhaddis va faqih.

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu-l-Abbos Muhammad as-Saraxsiy mashhur muhaddis, imom va faqih bo‘lib, Buxoro va Nishopurda hadisdan taʼlim olgan, Saraxsda va’zlar o‘qigan. Abu Saʼd as-Sam’oniyning maʼlumotiga ko‘ra, birinchi bo‘lib shofe’iylikni Saraxsda targ‘ib etgan. Iroqda bo‘lgan. Movarounnahr va Xurosonda uning sakkiz shogirdi, Iroq va Marvda uchta ustozi borligi qayd etilgan. „Al-Mu’jam“ nomli hadislar to‘plami muallifi[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Islom. Ensiklopediya. — T.: „O‘zME DIN“, 2017. 208.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.