1-G6 sammiti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
1-G6 sammiti

Château de Rambouillet
Mezbon davlat Fransiya
Sana 1975-yil 15-17-noyabr
Ishtirokchilar Fransiya bayrogʻi Fransiya
Germaniya Federativ Respublikasi
Italiya bayrogʻi Italiya
Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
AQSH bayrogʻi AQSh
Keyingi 2-G7 sammiti

1-G6 sammiti 1975-yil 15-17-noyabr kunlari Fransiyaning Rambuye shahrida ilk bor G6 sammiti boʻlib oʻtdi. Sammit uchrashuvlari oʻtkaziladigan joy Parij yaqinidagi Château de Rambouillet shahri edi[1].

Avval Katta oltilik sanoati rivojlangan eng boy mamlakatlar: Fransiya, Gʻarbiy Germaniya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va Qoʻshma Shtatlar rahbarlarini birlashtirgan norasmiy forum edi[2]. Ushbu sammit va undan keyin boʻladigan boshqa sammitlar kengroq xalqaro institutlar bilan rasmiy ravishda bogʻlanishi kerak emas edi. Va aslida, boshqa xalqaro uchrashuvlarning qatʼiy qarorlari sababli oʻziga xos umidsizlikka uchragan Fransiya prezidenti va Gʻarbiy Germaniya kansleri oʻrtasidagi hamkorlikning natijasi oʻlaroq tashkil etilgan edi[3].

Keyinchalik yillik yigʻilishlar seriyasiga aylangan sammit katta yettilik (G7) va katta sakkizlik (G8) sammitlari sifatida belgilandi. Va bu harakat sammitni muhimligini yanada oshirdi.

Sammitda ishtirok etgan rahbarlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu yilgi sammit Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va Qoʻshma Shtatlar rahbarlari uchun norasmiy forum va bir-birlari bilan aloqalarni yanada yaxshilash imkoniyati edi. Shuni taʼkidlash kerakki, ularning har biri boʻlib oʻtgan saylovlarda kutilmagan holatlar tufayli lavozimga erishgan.

Ishtirokchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

AQSh prezidenti Gerald Ford va Fransiya prezidenti Valéry Giscard dʻEstaing Chateau de Rambouillet tashqarisida sayr qilishmoqda, 1975-yil 17-noyabr.

Ushbu sammit ishtirokchilari oʻzlarini sanoati rivojlangan mamlakatlar forumining vakili deb bilishgan:[4][1]:

G6 sammiti ishtirokchilari
Mezbon davlat va yetakchisi qalin matn bilan koʻrsatilgan.
Aʼzolar Vakil Lavozimi Amalga kelgan vaqti
Fransiya Fransiya Valéry Giscard d'Estaing Prezident 1974-yil, May
Gʻarbiy Germaniya Gʻarbiy Germaniya Helmut Schmidt Kansler 1974-yil, May
Italiya Italiya Aldo Moro Bosh vazir 1974-yil, Noyabr
Yaponiya Yaponiya Takeo Miki Bosh vazir 1974-yil, Dekabr
Birlashgan Qirollik Birlashgan Qirollik Harold Wilson Bosh vazir 1974-yil, Mart
Qoʻshma Shtatlar Qoʻshma Shtatlar Gerald Ford Prezident 1974-yil, Avgust

Koʻrib chiqilgan masalalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Salle des Marbres, Chateau de Rambouilletdan olingan fotosurat. 1975-yil 15-noyabr.

Sammit uning aʼzolari oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni hal qilish imkoniyat sifatida koʻrilgan. Amalda, sammit, shuningdek, uning a'zolari uchun qiyin iqtisodiy qarorlar oldida bir-birlariga oʻzaro dalda berish imkoniyati sifatida oʻylab topilgan[3]. Bu yilgi sammitda 1930-yillardan keyin boʻlgan eng jiddiy turgʻunlik haqida muzokaralar boʻlib oʻtdi. Sammitda koʻrilgan baʼzi mavzular, protektsionizm, energiyaga qaramlikdan qochish va oʻsishni kuchaytirish oʻnlab yillar davomida dunyo kun tartibida qoldi[5][6].

Sammitda koʻrilgan masalalar quyidagilardan iborat edi:

  • Jahon iqtisodiyoti boʻyicha izlanish va samarali fikr almashish;
  • Demokratik davlatlarning siyosiy va iqtisodiy vazifalari;
  • Oʻzaro bogʻliqlikning oʻsishi va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
  • Inflyatsiya va energetika inqirozlari;
  • Ishsizlik va iqtisodiy tiklanish;
  • Jahon savdosining oʻsishiga yordam berish;
  • Pul barqarorligi;
  • Koʻp tomonlama savdo muzokaralari;
  • Sovet Ittifoqi va Sharqiy blok bilan iqtisodiy aloqalar;
  • Hamkorlik munosabatlari va rivojlanayotgan mamlakatlarni qoʻllab quvvatlash;
  • Xalqaro iqtisodiy hamkorlik konferensiyasi;
  • Xalqaro tashkilotlar orqali hamkorlik.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Japan, Ministry of Foreign Affairs (MOFA): Summit Meetings in the Past.
  2. Saunders, Doug. "Weight of the world too heavy for G8 shoulders," Globe and Mail (Toronto). 5 July 2008 – n.b., the G6 becomes the Group of Seven (G7) with the addition of Canada starting in 1976; and the G7 becomes the Group of Eight (G8) with the inclusion of Russia starting in 1997, reverting to the Group of Seven (G7) after the suspension of Russia in 2014.
  3. 3,0 3,1 Reinalda, Bob and Bertjan Verbeek. (1998). Autonomous Policy Making by International Organizations, p. 205.
  4. Rieffel, Lex. "Regional Voices in Global Governance: Looking to 2010 (Part IV)," (Wayback Machine saytida 3 June 2010 sanasida arxivlangan) Brookings. 27 March 2009; "core" members (Muskoka 2010 G-8, official site). (Wayback Machine saytida 2 June 2010 sanasida arxivlangan)
  5. Stewart, Heather and Larry Elliott. "Hopes fading for salvation at the summit," The Guardian (London). 22 March 2009.
  6. „Big Six optimistic after currency pact“. Glasgow Herald (1975-yil 18-noyabr). Qaraldi: 2013-yil 18-iyun.