Bonn

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Olmoniya Federal Davlatining eski poytaxti


Bonn — Germaniyadagi shahar, Shimoliy ReynVestfaliya yeri hududida, Reyn daryosining chap sohilida. Aholisi 412 ming kishi (1995). B. ga 1-a.da rimliklar asos solgan. 1273—1794 y.larda Kyoln kurfyurstlari qarorgohi. 1814 y. dan Prussiya tarkibiga kirgan. 1945—49 y.larda Germaniyaning Angliya okkupatsiya qilgan zonasida boʻlgan. 1949 y.dan GFR poytaxti. 1989 y.dagi siyosiy oʻzgarishlar tufayli GFR va Germaniya Demokratik Respublikasi qoʻshilib, birlashgan Germaniyaning federal poytaxti statuyey B.dan Berlinga oʻtdi. Xorijiy davlatlar elchixonalari hozircha B.da. B. muhim transport yoʻllari tuguni. Reyn boʻyidagi port. Xalqero aeroport bor. Sanoat korxonalari juda kam. Mavjud sanoat tarmoqlarining aksariyati isteʼmol mollari ishlab chiqaradi; elektrotexnika, rangli metall buyumlari, aniq mexanika, optika, farmatsevtika, mebel, keramika, yozuv qogʻozi, oziq-ovqat, tamaki korxonalari bor. Poligrafiya sanoati rivojlangan. B.da GFR savdo-sanoat palatasi, sanoat va moliya konsernlarining koʻpdankoʻp idoralari, madaniyat muassasalari va b. joylashgan. B. atrofida qoʻngʻir kumir qazib chiqariladi.

B.da Germaniyadagi eng yirik oliy oʻquv yurti — Bonn universiteti, konservatoriya, Betxoven uymuzeyi, kutubxona bor. Roman sobori (11—13 a. lar), gotika uslubidagi SanRemigiy cherkovi (12741317), ratusha (1737) va b. meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.[1]



Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil