| Shahar
Denver
| Bayroq |
Gerb |
 |
 |
| Mamlakat |
AQShAQSh |
| Mavqeʼ |
shahar |
| Shtat |
ColoradoColorado |
| County |
Denver |
| Koordinatalari |
39°44′21″N 104°59′5″W / 39.73917°N 104.98472°W / 39.73917; -104.98472Koordinatalari: 39°44′21″N 104°59′5″W / 39.73917°N 104.98472°W / 39.73917; -104.98472 |
| Mer |
Michael Hancock (D)[1] |
| Asos solingan |
1858 |
| Maydoni |
401,3 km² |
| Dengiz sathidan balandligi |
1564–1731 m |
| Aholisi |
619968 nafar (2011-yil) |
| Zichlik |
1561 kishi./km² |
| Vaqt mintaqasi |
UTC−6, yozda UTC-5 |
| Telefon kodi |
303 va 720 |
| Pochta indeksi |
80201–80212, 80202, 80214–80239, 80241, 80243–80244, 80246–80252, 80256–80266, 80271, 80273–80274, 80279–80281, 80290–80291, 80293–80295, 80299, 80012, 80014, 80022, 80033, 80123, 80127[2] |
| FIPS kodi |
08-20000 |
| Birodar shahar |
La Paz |
| Rasmiy sayti |
[City and County of Denver link] |
|
Denver — AQSH gʻarbidagi shahar, Kolorado shtatining maʼmuriy markazi. Saut-Platt daryosi sohilida, Qoyali togʻlarning sharqiy etagida 600 m balandlikda joylashgan. Aholisi 554,6 ming kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Togʻli shtatlarning yirik sanoat va savdo-moliya markazi. Aviaraketa-kosmik, radioelektronika asboblari, priborsozlik, metallni qayta ishlash, sement, koʻn poyabzal, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Sport buyumlari ishlab chiqariladi. Zarbxona, astma kasalliklarini davolash ilmiy markazi, 2 ta un-t, muzeylar bor. D. yonidan rangli va nodir metall rudalari qazib olinadi. Shaharga 1858 y.da oltin qidiruvchilar asos solgan. Togʻ turizmining markazi. [3]
City and County of Denver AQShning Colorado shtatida joylashgan shahardir. Denver[4] okrugi tarkibiga kiradi.
619968 nafar aholi istiqomat qiladi. Aholi zichligi – har kvadrat kilometrga 1561 nafar kishi.
Geografiyasi [tahrir]
Maydoni – 401,3 km2. Shundan 397,2 km2 quruqlik, 4,1 km2 esa suv maydonidir. Dengiz sathidan oʻrtacha 1564–1731 m balandlikda joylashgan.