„Lazgi“ xalqaro raqs festivali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lazgi xalqaro raqs festivali
Janri Raqs
Oʻtkazilishi Ikki yilda bir marta
Lokatsiya Xorazm viloyati Xiva shahri
Mamlakat Oʻzbekiston
Ochilish 25-aprel, 2022-yil(2022-04-25)
Tashkilotchi

Lazgixalqaro raqs festivali  — Oʻzbekistonning Xorazm viloyati Xiva shahrida Ichan qalʼa majmuasida aprel oyida oʻtkazib kelinayotgan xalqaro tadbir. Festival UNESCO shafeligiga olingan[1]. LazgiXorazm raqsi boʻlib, UNESCOning nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lazgi Xorazmning qadimiy raqsi hisoblanadi. Lazgi harakatlari tevarak-atrofdagi tabiat tovush va hodisalarini his tuygʻular uygʻunligida aks ettirish demakdir. Dastlab Xorazm yerlari, Xorazm raqsi bilan bogʻliq boʻlgan lazgi keyinchalik Oʻzbekiston boʻylab keng tarqalgan. Ushbu raqsning qadimiy suratlarini Xorazm viloyatidagi Tuproqqal’a arxeologik yodgorligidan topish mumkin, bu uning koʻp asrlik ildizlaridan dalolat beradi[3]. 2019-yil 12-dekabr kuni UNESCO Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish boʻyicha hukumatlararo qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston madaniy merosi elementi oʻlaroq insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ roʻyxatiga kiritilgan[4][5]. Shundan keyin 2020-yil 13-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti taklifiga binoan[6] 2022-yildan buyon har ikki yilda bir marta oʻtkazib kelinmoqda.

Sanʼatsevarlar tomonidan „Lazgi“ga quyidagicha taʼriflar berilgan[7];

„Lazgi“ — muhabbat va qalb raqsi“, “Lazgi” — dunyodagi eng quyoshli va olovli raqs”, “Lazgi” — ruh va sevgi raqsi”, “Lazgi” jozibasi — qalblarni larzaga solar”, “Lazgi” — o‘ynamasang o‘ynatadi”, “Dillarga darmon “Lazgi”...

Festival jarayoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil ilk bor oʻtkazilgan festivalda 30 dan ortiq mamlakatdan 175 dan ortiq vakil ishtirok etgan boʻlsa[8], 2024-yil ikkinchi marotaba tashkil qilingan festivalda 33 davlatdan, jumladan, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Turkiya, Eron, Pokiston, Ozarbayjon, Indoneziya, Belarusiya, Rossiya, Serbiya, Italiya, Hindiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Yaponiya, Braziliya, Fransiya, Misr Arab Respublikasi, Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti — TURKSOY, Koreya kabilardan 200 dan ortiq raqqos va raqqosalar, raqs jamoalari, raqs sanʼati ustalari, musiqashunos va sanʼatshunos olimlar, taniqli sanʼatkorlar, mutaxassislar hamda faxriy mehmonlar ishtirok etgan[9].

2024-yilda ushbu festival doirasida ilmiy-amaliy konferensiya ham tashkil etilgan boʻlib[10], unga 50 ga yaqin mahalliy olimlar, 25 dan ortiq xorijlik olim va soha vakillari, jumladan Buyuk Britaniya, Fransiya, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya, Turkiya, Qirgʻiziston, Serbiya, Braziliya, Yaponiya, Ispaniya, Misr, Gruziya, Hindiston, Ukraina, Bolgariya, Qatar, Ozarbayjon[11] va Oʻzbekiston AQSH, Avstriya, Iordaniya, Meksika, Gana, Makedoniya, Eron, Xitoy, Pokiston, Italiya va boshqa davlatlardan oflayn va onlayn tartibda ishtirok etishgan[12][13].

Mukofotlanganlar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lazgixalqaro raqs festivalida „Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrochisi“ nominatsiyasi boʻyicha mukofotlanganlar roʻyxati (2022-yil)[14]

Egallagan oʻrni Ismi-familiyasi Qaysi davlatdan Mukofotlar (AQSH $)
Gran pri Dilnoza Ortiqova Oʻzbekiston 7000
1-oʻrin Gulnur Qosimbek

Sherzod Kenjaboyev

Qozogʻiston    

Oʻzbekiston

5000

5000

2-oʻrin Nitxi Misra

Feruza Azatova

Hindiston

Oʻzbekiston

3000

3000

3-oʻrin Kristina Kovrova va Nikita Gruzdev

Nereya Fernandes

Rossiya

Ispaniya

2000

2000

2000

Lazgixalqaro raqs festivalida „Eng yaxshi raqs jamoasi“ nominatsiyasi boʻyicha mukofotlanganlar roʻyxati (2022-yil)

Egallagan oʻrni Jamoa nomi Qaysi davlatdan Mukofotlar (AQSH $)
1-oʻrin Tumor Oʻzbekiston     5000
2-oʻrin Navbahor

Ozarboyjon davlat ashula va raqs ansambli

Oʻzbekiston

Ozarbayjon[15]

3000

3000

3-oʻrin Shattiq

Inegol

Qirgʻiziston

Turkiya

2000

2000

Lazgixalqaro raqs festivalida „Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs“ nominatsiyasi boʻyicha mukofotlanganlar roʻyxati (2022-yil)[16]

Egallagan oʻrni Jamoa nomi Qaysi davlatdan Mukofotlar (AQSH $)
1-oʻrin Pirin Bolgariya     5000
2-oʻrin Zebo

„Oʻzbekiston“ raqs ansambli

Tojikiston

Oʻzbekiston

3000

3000

3-oʻrin Sveti dordi

Tannura

Serbiya

Misr

2000

2000

Festival tashkilotchilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Festival sanalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2022-yil — 26—29-aprel
  • 2024-yil — 25—30-aprel[17]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Xiva shahrida ikki yilda bir marta “Lazgi” xalqaro raqs festivali oʻtkaziladi“. yuz.uz. Qaraldi: 11-may 2024-yil.
  2. „Patronage Reporting Form - The LAZGI_Uzbekistan“. ich.unesco.org. Qaraldi: 15-may 2024-yil.
  3. „Khorazm dance, Lazgi“. ich.unesco.org. Qaraldi: 15-may 2024-yil.
  4. „Xivada “Lazgi” xalqaro raqs festivali bo‘lib o‘tadi“. daryo.uz. Qaraldi: 11-may 2024-yil.
  5. „В Хиве раз в два года будет проходить фестиваль танца «Лазги»“. rus.ozodlik.org. Qaraldi: 11-may 2024-yil.
  6. „Хоразмда лазги фестивали ташкил этилади“. president.uz. Qaraldi: 11-may 2024-yil.
  7. „“Lazgi” xalqaro raqs festivali yakunlandi“. kknews.uz. Qaraldi: 11-may 2024-yil.
  8. „Xivada “Lazgi” II xalqaro raqs festivali o‘tkaziladi“. gazeta.uz. Qaraldi: 10-may 2024-yil.
  9. „Xivada II “Lazgi” xalqaro raqs festivali o‘tkazilmoqda (foto)“. daryo.uz. Qaraldi: 10-may 2024-yil.
  10. „II “Lazgi” xalqaro raqs festivali doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi“. gov.uz. Qaraldi: 11-may 2024-yil.
  11. „State Dance Ensemble dazzles at Lazgi Int'l Dance Festival“. azernews.az. Qaraldi: 15-may 2024-yil.
  12. „Xivada II “Lazgi” xalqaro raqs festivali bo‘lib o‘tmoqda“. yuz.uz. Qaraldi: 11-may 2024-yil.
  13. „Xivada “Lazgi” II xalqaro raqs festivali oʻtkaziladi“. uzreport.news. Qaraldi: 11-may 2024-yil.
  14. „Xivada “Lazgi” xalqaro festivali yakunlandi, g’oliblar e’lon qilindi“. old.gov.uz. Qaraldi: 11-may 2024-yil.
  15. „Azerbaijan joins Lazgi International Dance Festival in Uzbek town of Khiva“. azertag.az. Qaraldi: 15-may 2024-yil.
  16. „«Lazgi» xalqaro raqs festivali g‘oliblari aniqlandi“. kun.uz. Qaraldi: 11-may 2024-yil.
  17. „“Lazgi” xalqaro raqs festivali“. uzdxa.uz. Qaraldi: 10-may 2024-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]