Zokirkoʻl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

ZokirkoʻlQoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanidagi qurib qolgan koʻl. Amudaryoning quyi oqimida, Qipchokdaryodan ajralib chiqadigan Madalioʻzak tarmogʻining bogllanishidan 3 km janubiy gʻarbda boʻlgan. Maydon 50-yillarning boshida 10 km², oʻrtacha chuq. 0,5 m boʻlgan. Shimolidan jan.ga choʻzilgan boʻlib, Qipchoqdaryoni Moʻynoq qoʻltigʻi bilan tutashtirib turgan. 3. daryo, kollektorzovur suvlaridan toʻyingan. Oʻsha davrlarda koʻl qirgʻoklari yassi, atrofi qalin toʻqayzor boʻlgan. Koʻldan choʻrtan, qizilqanot, zogʻora, laqqa baliqlar ovlangan, koʻplab boqilgan. Amudaryo suvining kamayishi natijasida koʻl ham kichraya borgan: mayd. 1955 yilda 6,6 km², 1960 yilda 5 km², 1965 yilda esa qurib qolgan. Yogʻin koʻp boʻlgan 1969 yil 3. botigʻi yana suvga toʻla boshlagan: 1972 yil mayd. 2,73 km² ga yetgan. 3. 1980 yillarda butunlay qurib qoldi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil