Jarqanotlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qizilqanotlardan yoʻnaltirildi)
Tichodroma muraria

Jarqanotlar, qizilqanotlar (Tichodroma muraria)— chumchuqsimonlar turkumining bir turi. Jan. va Oʻrta Yevropa hamda Osiyoning janubidagi togʻlarda uchraydi. Oʻzbekiston togʻlarining oʻrmonsiz tik jarliklari va qoyalarida uzoq yashaydi. 3—4 ta tuxum qoʻyadi. Qishda vodiylarga tushadi. Mayda xasharotlar, ularning lichinka va gʻumbaklari bilan oziqlanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil