Rojiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Rojiy (taxallusi; asl ism-sharifi Idrisxoʻja Mahdum Buxoriy Nabiraxoʻja oʻgʻli) (1880Buxoro1919) — shoir va xattot. Buxoro madrasalarida taʼlim olgan. Yeshligidan sheʼrlar yozgan, xattotlik bilan shugʻullangan, qoʻlyozma asarlarni kitobat qilgan. Oʻz davrida yashab ijod etgan shoir va xattotlar haqida maʼlumot beruvchi xattotlikka oid "Risolai xushnavison" asarini yaratgan. Sadr Ziyoning "Risolai xattoton" ("Xattotlar risolasi") asarida yozilishicha, R. "Risolai xattotoni manzuma" ("Xattotlar risolasi manzumasi") asarini ham yozgan. 1907 yilda kitobat qilgan bayozi qoʻlyozmasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil