Zara (qoʻshiqchi)
Zara | |
---|---|
Tavalludi |
Зарифа́ Паша́евна Мгоя́н 26-iyul 1983-yil |
Janrlar | estrada |
Kasbi | qoʻshiqchi, aktrisa |
Faoliyat yillari | 1996-hozirgacha |
Fuqaroligi | Rossiya |
Veb-sayt | zara.ru |
Zara (toʻliq ismi – Zarifa Pashayevna Mgoyan; 1983-yil 26-iyul, Leningrad, RSFSR, SSSR) – rus estrada xonandasi, aktrisa, jamoat arbobi; Rossiyada xizmat koʻrsatgan artist (2016)[1][2]. „YUNESKO tinchlik artisti“ (2016).
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zara Gyumrida (Armaniston) kurd-yezid[3] oilasida tugʻilgan. Otasi – Mgoyan Pasha Binbashievich, fizika-matematika fanlari nomzodi, mashinasozlik sohasida ishlaydi. Onasi – Nadiya Jamalovna Mgoyan, uy bekasi. Zaraning Roman Mgoyan ismli ukasi ham bor[4].
Leningrad viloyati, Kirov tumani, Otradnoye shahridagi 2-oʻrta maktabda oʻqigan. 2000-yilda Sankt-Peterburgdagi 56-sonli gimnaziyani[5] kumush medal bilan tamomlagan[6].
Umumiy oʻrta maktabda oʻqish bilan bir vaqtda Zara bolalar musiqa maktabini fortepiano sinfida imtiyozli diplom bilan tamomlagan[1].
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1995-yilda, oʻn ikki yoshida, Zara Leningrad viloyatining Otradnoye shahrida musiqachi va bastakor Oleg Kvasha bilan uchrashdi. U bilan 1996-yilda qoʻshiqchiga birinchi shuhrat keltirgan „Bey-bay-bay“, „Serdse Djuletti“, „Imenno segodnya, imenno seychas…“ va „Kolibelnaya“ qoʻshiqlarini yozdi[1]. 1997-yilda Zara „Serdse Djuletti“ qoʻshigʻi bilan „Utrennyaya zvezda“ (Moskva)[7] televizion tanlovining finalchisi boʻldi va „Pust smeyutsya deti“ xalqaro festivalining Gran-prisini qoʻlga kiritdi (Qohira va Port-Said, Misr)[8]. 1998-yilda qoʻshiqchi „Nadejdi Sibiri“ tanlovining (Omsk)[9], „Den rojdeniya“ yangi bolalar qoʻshigʻi ijrochilari tanlovining ochiq tanlovi va „Shlyager goda“ xalqaro televizion tanlovining (ikkalasi ham Sankt-Peterburgda)[10] gʻolibi boʻldi.
Ikki yil ketma-ket „Nadejdi Yevropi“ tanlovida (Sochi) Zara birinchi darajali Laureat diplomi va Gran-pri sovrindori boʻldi. 1999-yilda Sochida boʻlib oʻtgan „Golosa-1999“ festivalida u tomoshabinlar eʼtirofi mukofotiga sazovor boʻldi[11].
Zara 2022-yil kuzida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoʻllab-quvvatlovchi rossiyalik estrada yulduzlari qatorida „Vstanem“ qoʻshigʻi va targʻibot videosini yozishda ishtirok etdi[12][13][14].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Награждённые государственными наградами Российской Федерации“ (ru). Президент России. Qaraldi: 2024-yil 29-sentyabr.
- ↑ „Путин присвоил певице Заре звание заслуженного артиста РФ“ (ru). РЕН ТВ (2017-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 29-sentyabr.
- ↑ „Жара-2018: все о певице Заре и ее корнях| 1news.az | Новости“. 2023-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-noyabr.
- ↑ „Биография и личная жизнь певицы Зары“ (ru). KLEO (2022-yil 18-iyul). Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
- ↑ Ирина Каркозова. „Зара покорила учителя экономики пением“ (deadlink). Информационно-новостной портал "NewsVM.com" (2009-yil 28-avgust). 2017-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-dekabr.
- ↑ „биография“ (deadlink). Сайт певицы Зары. 2007-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Программы: «Утренняя звезда»: как все начиналось“. ООО «Медиа Холд» (2014-yil 21-noyabr). 2017-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-dekabr.
- ↑ „Зара - Сердце Джульетты“. Олег Кваша (2010-yil 21-may). 2017-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-dekabr.
- ↑ „ТОП 50 2007. Зара Мгоян“ (2007-yil 1-aprel). 2017-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-dekabr.
- ↑ „ЗАРА певица“. официальный сайт концертного агента VIPARTIST. 2017-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-dekabr.
- ↑ „Музыка“. GRATIS форум (2006-yil 19-mart). 2017-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-dekabr.
- ↑ „Культурный фронт: как из эфира и со сцены в России пропали «война», «мир» и артисты, не поддержавшие вторжение в Украину“ (ru). Настоящее Время (2022-yil 2-dekabr). 2023-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyul.
- ↑ „SHAMAN и пустота: как автор песни «Я русский» стал (единственной) надеждой кремлевского музыкального агитпропа?“ (ru). RFI (2023-yil 25-mart). 2023-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyul.
- ↑ „Кринж-рок. Артемий Троицкий о провале путинского музыкального агитпропа“ (ru). The Insider. 2023-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyul.