Zambezi
| Zambezi | |
|---|---|
| portugalcha: Rio Zambeze | |
| Tavsif | |
| Uzunligi | |
| Suv sarfi | m³/s |
| Joylashuvi | |
| Davlat | Angola, Mozambik, Namibiya, Zambiya va Zimbabve |
| Zambezi | |
Zambezi (portugalcha: Rio Zambeze) — Afrikaning janubidagi (Angola, Zambiya, Namibiya, Zimbabve, Mozambik, Botsvana hududi) daryo. Uzunligi 2660 km, havzasining maydoni 1330 km2. Zambiya hududidagi Lunda platosidan, 1100 m balandlikdan boshlanadi. Asosiy irmoqlari — Kafue, Luangva, Shire. Baʼzi yillarda zambezi havzasiga Okavango (Kubango) daryosi ham qoʻshilib ketadi. Afrikaning eng yirik koʻllaridan biri Nyasa ham zambezi havzasiga mansub. Yuqori oqimida 1200 km masofada tekislikdan oqadi. Oʻrta oqimida qattiq jinslar ustidan oʻtgan joylarda ostona va sharsharalar (Viktoriya sharsharasi va b.) hosil qilgan. Quyi oqimida vodiysi va oʻzani juda keng. Mozambik qoʻltigʻiga 120 km qolganda deltasi boshlanadi. Asosan, yomgʻirdan suv oladi. Yogʻingarchilik davri (dek,— aprel) da toʻlib oqadi. Yiliga 100 mln. t oqiziq keltiradi. Quyilish joyida oʻrtacha suv sarfi 16 ming m3/s. Zambezining gidroenergiya resurelari nihoyatda katta. Oʻrta oqimida Kariba suv ombori (mayd. 5200 km2) va GES (705 ming kVt) qurilgan. Kemalar, asosan, Zambezining Zambiya hududida qatnaydi. Deltasida Shinde porti bor. 3. va uning irmoqlaridan baliq ovlanadi. Zambezi havzasini birinchi marta ingliz sayyohi David Livingston 1851—56 va 1858—62 yillarda tadqiq qilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |