Yuriy Petuxov
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Yuriy Aleksandrovich Petuxov | ||
Tavallud sanasi | 1960-yil, 19-fevral | ||
Tavallud joyi | Minsk, Belarus SSR, SSSR | ||
Boʻyi | 181 sm | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1983—1985 | Metalist | (3) | |
1983—1985 | Mayak | (0) | |
1986—1989 | Dnepr (Mogilev) | (0) | |
1990 | Soʻgʻdiyona (futbol klubi) | (0) | |
1991—1993 | Lokomotiv (Koshitse) | (0) | |
Boshqargan klublari | |||
1995—1996 | Ataka | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Yuriy Aleksandrovich Petuxov (1960-yil 19-fevral, Minsk, Belarus SSR, SSSR) – futbol darvozaboni, darvozabonlar murabbiyi. Belarusiya sport ustasi.
Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yuriy Aleksandrovich Petuxov 1960-yil 19-fevralda Minsk shahrida tugʻilgan. 5-sonli ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar va oʻsmirlar maktabida tahsil olgan. Birinchi murabbiyi Vyacheslav Nikolayevich Avtushko.
Sport maktabini tugatgach, u Minskning „Dinamo“ jamoasidan boʻlgan taklifni qabul qilmadi. Belarus davlat universiteti statsionar geografiya fakultetiga oʻqishga kirdi. U universitet jamoasida oʻynagan, u yerda belaruslik murabbiy Gennadiy Gleb eʼtiboriga tushgan. Koʻp oʻtmay Gennadiy Gleb uni Belarus SSR chempionatida oʻynovchi „Torpedo Minsk“ jamoasida oʻynashga taklif qildi va ammo u „Spartak“ (Semipalatinsk)ga oʻtishga qaror qildi. Keyinchalik Qozogʻiston klublarida ikki yil oʻynadi. Shundan soʻng Xarkovga oliy liganing „Metalist“ klubiga oʻtish uchun taklif oldi.
U Xarkov klubida 3 mavsum oʻtkazdi, lekin asosiy jamoada 3 ta oʻyin oʻtkazdi. Keyinchalik „Mayak“ klubida toʻp surdi. Oliy ligada oʻtkazilgan 3 ta oʻyindan biri Petuxov uchun tarixiy boʻldi aynan 1985-yilda uning uzatmasini Oleg Bloxin golga aylantirdi bu Oleg uchun oʻzining yubiley 200-goli boʻldi.
80-yillarning 2-yarmida u „Dnepr“ (Mogilev) jamoasida oʻynagan, u yerda jamoa sardori boʻlgan. 1990-yilda Oʻzbekistonning Soʻgʻdiyona (futbol klubi)da oʻynagan.
Yuriy Petuxov futbolchilik faoliyatini Slovakiyada „Lokomotiv“ (Koshitse) klubida yakunlagan va u bilan 2,5 yillik shartnoma imzolagan. Biroq, u 1,5 yil oʻynadi va tizzasidan jarohat olib faoliyatini tugatishga qaror qildi. U yana ikki yil Slovakiyada qoldi, tijorat sohasida ishladi, keyin 1994-yilda Minskka qaytib keldi.
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1995-yilda darvozabonlarni tayyorlashga ixtisoslashgan murabbiylik faoliyatini boshlagan.
1995—1996-yillarda „Ataka“ (Minsk), 1997—2004-yillarda BATEda ishlagan.
Toʻrt yil davomida u Belarus milliy futbol terma jamoasi darvozabonlari bilan ishlagan: 2004 va 2005-yillarda yoshlar jamoasi bilan, 2006 va 2007-yillarda asosiy terma jamoa[1].
Uning shogirdlari orasida Yuriy Jevnov, Anton Amelchenko, Vasiliy Xomutovskiy bor[2].
Oʻgʻil Aleksandr professional futbolchi va darvozabon.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Юрий Петухов стал тренером вратарей ФК «Химки»“ (deadlink). 2014-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-sentyabr.
- ↑ „Юрий Петухов: звон медалей дороже шелеста купюр“. 2013-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-sentyabr.
- 19-fevralda tugʻilganlar
- 1960-yilda tugʻilganlar
- Kishilar
- Minskda tugʻilganlar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari
- Erkak futbol darvozabonlari
- SSSR erkak futbolchilari
- Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari
- Metallist klubi futbolchilari
- Belarus futbol murabbiylari