Yulduzingni ber osmon
| „Yulduzingni ber osmon“ | |
|---|---|
|
| |
| Rejissyor(lar) | Farid Davletshin |
| Ssenariynavis(lar) |
Valeriy Gusev Aʼlo Xoʻjayev |
| Rollarda |
Dilorom Egamberdiyeva Karim Mirxodiyev Furqat Fayziyev Sofiya Sobitova |
| Bastakor(lar) | Anvar Ergashev |
| Operator(lar) | Hotam Fayziyev |
| Chiqarilgan sanasi | 1995-yil |
| Mamlakat |
|
| Til | oʻzbekcha |
„Yulduzingni ber osmon“ (yoki Yulduzingni ber, osmon) – 1995-yilda suratga olingan oʻzbek filmi. Film Farid Davletshin rejissorligida suratga olingan[1].
Mavzusi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mashhur xonanda uning badiiy rahbari oʻrtasidagi ichki munosabat va kechinmalari filmda aks etgan[2].
Fikrlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Filmda bosh rollardan birining obrazini ijro etgan Karim Mirxodiyev filmda yaratgan obrazi borasida quyidagi fikrlarni aytgan:
„Yulduzingni ber, osmon“dan to eng oxirgi rollarimgacha – oʻzim. Hammasida Karim Mirxodiyev boʻlib oʻynadim. „Yulduzingni ber, osmon“ filmini tomosha qilib, Bernora Qorieva „Men haqiqiy erkakni koʻrdim!“ deya yuksak baho bergan. Butkul emas-u, menga yaqini – shu obraz. Albatta, hech kim meni takrorlamaydi, men ham hech kimga taqlid qilmayman.
Soundtrektlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Film uchun asosiy saundtrek Nasiba Abdullayeva tomonidan kuylangan „Kelmadi“ & „Yulduzingni ber osmon“ qoʻshigʻi edi. Shu bilan birga, xonanda Akbarali Ochilov ijrosida kuylangan „Kelasanmi derdim“ taronasi film ramziga aylangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „O‘zbekiston Kinematografiya agentligi“. Telegram. Qaraldi: 2024-yil 4-fevral.
- ↑ NTRK.TV, Фильмы » Юлдузингни бер осмон (ruscha), qaraldi: 2024-02-04