Kontent qismiga oʻtish

Nasiba Abdullayeva

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Nasiba va familiyasi Abdullayeva boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Nasiba Abdullayeva
Tavalludi 1961-yil 15-noyabr (1961-11-15) (65 yosh)
Janrlar estrada musiqasi
Kasbi qoʻshiqchi aktrisa
Faoliyat yillari 1979-yildan
Leybllar Blue Flame Records[1]
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Mukofotlari
Mehnat shuhrati ordeni
Veb-sayt http://nasibaabdullaeva.com/

Nasiba Melikovna Abdullayeva (1961-yil 15-noyabr, Samarqand, Oʻzbekiston SSR) – sovet va oʻzbek estrada xonandasi. Oʻzbekiston (1993)[2] va Ozarbayjon (2022) xalq artisti[3]. Oʻzbek, fors, ozarbayjon, arab, tojik, rus va boshqa tillarda qoʻshiqlar ijro etadi.

Nasiba Abdullayeva 1961-yil 15-noyabrda Samarqand shahrida ishchi oilasida dunyoga kelgan. Otasi Melik Yarmuhamedov (eron) va onasi Xalchuk Xalimakulova (millati tojik) oilasida tugʻilgan. Nasiba Abdullayeva bolaligida musiqa maktabida akkordeonda oʻqigan. Boʻlajak xonanda arxitektura-qurilish institutiga kira olmaganidan keyin, maktabda musiqa oʻqituvchisi sifatida oʻz faoliyatini olib borgan.

1980-yilda Nasiba yangi tashkil etilgan „Samarqand“ vokal-cholgʻu ansambliga solist sifatida taklif qilingan. Oʻsha yili uning qoʻshiqlari bilan ikkita – „Bari Gal“ va „Samarqand“ nomli albomlari chiqqan.

1989-yilda Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent madaniyat institutini tamomlab, Oʻzbekiston davlat filarmoniyasiga ishga oʻtdi.

1990-yilda „Ayriliq“ nomli birinchi yakkaxon albomini chiqaradi.

2000-yilda eri bilan ajrashgach, ikki yil davomida sahnani tark etadi[4].

2002-yilda esa sahnaga qaytadi. Nasiba Abdullayeva 2004-yildan beri Davlat konservatoriyasida estrada ijrochiligi kafedrasida dars beradi.

2018-yilda „Farida“ qoʻshigʻidan parcha Fendi savdo uyi reklama roligida ishlatilgan.

2022-yil 30-avgustda Ozarbayjon prezidentining[5] farmoni bilan Nasiba Abdullayevaga Ozarbayjon xalq artisti faxriy unvoni berilgan.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nasiba Abdullayeva 1979-yilda ganjalik gitarachi Eldor Abdullayevga turmushga chiqqan. Afsuski, ular 2000-yilda ajrashishgan.

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1980-yil – „Bari gal“

1980-yil – „Samarqand“

1990-yil – „Ayriliq“

2000-yil – „Sogʻinch“

2002-yil – „Umr bahori“

2006-yil – „Eslanar“

2014-yil – „Baxt oʻzi nimadur?“

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Film nomi Rol Izoh
1989„Nasiba“Nasiba Abdullayeva Kameo
1995„Yulduzingni ber osmon“ („Verni zvezdu moyu“)Malika Vokal
2003„Munis onam“Nasiba Abdullayeva Kameo
2006„Suiqasd“
2008„Madagaskar 2“ (oʻzbekcha tarjimasi)Flori Ovoz bergan

Nasiba Abdullayeva 1987-yilda O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan artist, 1993-yilda Oʻzbekiston xalq artisti[6], 1999-yilda Mehnat shuhrati ordeni[7], 2018-yilda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni[8] va 2022-yilda Ozarbayjon xalq artisti[9] unvoni bilan taqdirlangan.

  1. ↑ „НАСИБА АБДУЛЛАЕВА“. uzland.uz.[sayt ishlamaydi]
  2. ↑ „ УП-576-сон 04.03.1993. О награждении особо отличившихся женщин республики“. lex.uz. 2021-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-sentyabr.
  3. ↑ „Распоряжение Президента Азербайджанской Республики О присвоении Н.М.Абдуллаевой почетного звания «Народная артистка» » Официальный сайт президента Азербайджанской Республики“ (ru). president.az. 2022-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
  4. ↑ „LINIYa SUDBI NASIBI ABDULLAYeVOY“. 2015-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
  5. ↑ „N.M.Abdullayevaya “Xalq artisti” fəxri adının verilməsi haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin Sərəncamı » Azərbaycan Prezidentinin Rəsmi internet səhifəsi“ (az). president.az. 2022-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
  6. ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 4 mart 1993 года № УП-576 «О награждении особо отличившихся женщин республики
  7. ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 25 avgust 1999 года № УП-2381 «О награждении группы сотрудников сферы науки, здравоохранения, культуры, образования, средств массовой информации и социальной сферы в связи с восьмилетием независимости Республики Узбекистан
  8. ↑ „О награждении в связи с двадцать седьмой годовщиной государственной независимости Республики Узбекистан группы работников науки, образования, здравоохранения, литературы, культуры, искусства, духовности и просветительства и других социальных сфер“. УзА (2018-yil 28-avgust). 2018-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-sentyabr.
  9. ↑ „Распоряжение Президента Азербайджанской Республики О присвоении Н.М.Абдуллаевой почетного звания «Народная артистка» » Официальный сайт президента Азербайджанской Республики“ (ru). president.az. 2022-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.