Akbarali Ochilov
Akbarali Ochilov | |
---|---|
Tavalludi |
3-iyun 1958-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | radiorejissyor va qoʻshiqchi |
Faoliyat yillari | 1980-yildan |
Akbarali Umaraliyevich Ochilov (1958-yil 3-iyun, Toshkent viloyati, Yangiyoʻl) — oʻzbek radiorejissyori va qoʻshiqchisi. „Kelasanmi derdim“ qoʻshigʻi oʻzbeklar orasida ancha mashhur.
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1958-yil 3-iyunda Toshkent viloyati Yangiyoʻl shahrida tugʻilgan. Yoshligidan buvisi (Sanobar ismli ayol) tarbiyasini olib voyaga yetgan. Yoshlik yillari uni „Oleg“ deb atashgan. Oilasi bilan birga 1964-yilda Toshkentga koʻchib kelgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Akbarali Ochilov maktabda oʻqib yurgan vaqtlarida dastlabki qoʻshiqlarini yoza boshlagan. Toshkent sanʼat institutiga oʻqishga kirgan. 1979-yilda „Toshkent radio uyi“ga ishga kirgan. U yerda Qurbonali Usmonov rahbarligida faoliyat yuritgan. „Radio uyi“da murabbiylik ham qilgan. Akbarali Ochilov Oʻzbekiston radoisi bolalar va oʻsmirlar muharririyati boʻlimida faoliyat olib borib, koʻpgina shogirdlarni tarbiyalagan: Yashnar Xudoyberganov, Burxon Sharipov, Nazira Inoyatova, Shomahmud Shorasulov, Nazira Qoʻziboyeva va boshqalar.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Akbarali Ochilovning gitara yordamida kuylagan dastlabki qoʻshiqlari „Dunyo goʻzal“ (Sabri Sadiy sheʼri) va „Sevgi desam“ (Hamid Olimjon sheʼri) nomli qoʻshiqlardir. 1987-yilda efirga chiqib, Oʻzbekiston televideniyasi tarixida alohida ahamiyatga ega boʻlgan „3-studiya“ koʻrsatuvining ijodkorlari jurnalist Oktyabr Moʻminov, Furqat Zokirovlar bilan birga Akbarali Ochilov ham faol mehnat qilgan va tomoshabinlar eʼtiborini tortgan[1].
Qoʻshiqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Akbarali Ochilovning birinchi qoʻshigʻi „Qizgʻonadi koʻngil seni“ deb nomlangan[2]. Akbarali Ochilov rus va oʻzbek tillarida qoʻshiqlar yozgan. Akbarali Ochilov „Huzurbaxsh oqshomlar“, „Bir bir roʻyo“, „Assalom navbahor“, „Binafshani sogʻindim“, „Bir hamdard istar koʻngil“, „Hayoling-la oʻtadi tunlar“, „Qizgʻonadi koʻngil seni“, „Mayli“, „Dunyo goʻzal“, „Oy (Oqib ketma Kema)“, „Odamlar“, „Kechir meni“, „Qaldirgʻochlar“, „Bolaligim“, „Ertaga oʻzga“, „Muhabbat“, „Yigʻlatdim oʻzni“, „Sogʻinchlarimni“, „Men kelaman“, „Yoshlik chogʻimda“ qoʻshiqlarini mahorat bilan ijro etgan xonanda hisoblanadi. Uning qoʻshiqlari 1980-yillarda radiolarda yangray boshlagan va koʻplab tinglovchilar qalbini zabt etgan. „Yulduzingni ber, osmon“ filmi uchun uning „Kelasanmi derdim“ qoʻshigʻi soundtrek sifatida tanlab olingan.
Ijodkor haqida
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Hayot gʻoʻzal unda qish, bahor, yoz, kuz fasllari bor.Odamlar oʻzi hayotni murakkablashirib yuradi“, — deydi Akbarali Ochilov[3]. Akbarali Ochilov oʻtgan asrning 90-yillarida „Kelasanmi“, „Qizgʻonaman“, „Xazonrezgi“ kabi qoʻshiqlari bilan odamlar eʼtiborini tortgan sanʼatkor hisoblanadi. „Oʻtgan yillarimga achinmayman, hamma bir yoʻlga, maqsadga turli yoʻllardan boradi. Meni tanlagan yoʻlim shu boʻldi“, — deydi qoʻshiqchi Akbarali Ochilov[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Nom -Akbarali Ochilov:"Yana yoshligimga qaytsam,sevganimga uylanar edim"“ (2022). — „Nom -Akbarali Ochilov:"Yana yoshligimga qaytsam,sevganimga uylanar edim"“. 2022-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-may.
- ↑ ko'ngil seni"Akbarali Ochilov/414 „qizg'onadi ko'ngil seni"Akbarali Ochilov“. rost24 (2021). 2022da asl nusxadan ko'ngil seni"Akbarali Ochilov/1382/https://qizg'onadi ko'ngil seni"Akbarali Ochilov/oz/news/ arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-iyun.
- ↑ „Darveshona yashayotgan 90-yillarning mashhur xonandasi(+video)“. rost24 (2021). — „Darveshona yashayotgan 90-yillarning mashhur xonandasi(+video)“. 2022-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-iyun.
- ↑ „Darveshona yashayotgan 90-yillarning mashhur xonandasi(+video)“. rost24 (2021). — „Darveshona yashayotgan 90-yillarning mashhur xonandasi(+video)“. 2022-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-iyun.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Fonoteka“ Akbarali Ochilov YouTubeda
- Nom — Akbarali Ochilov: „Yana yoshligimga qaytsam, sevganimga uylanar edim“ YouTubeda
- Hamma uyda. Dastur mehmoni Akbarali Ochilov. 27.09.2020“ YouTubeda
- Дарвешона яшаётган 90-йилларнинг машҳур хонандаси YouTubeda
- Akbarali Ochilov „Xiyobon“ dasturida. 1-qism YouTubeda
- Akbarali Ochilov „Xiyobon“ dasturida. 2-qism YouTubeda
- Акбарали Очилов 63 ёшда. 03.06.2021 YouTubeda