Yovuzlik farishtasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yovuzlik farishtasi
Muallif(lar) Zulfiya Qurolboy qizi
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i hikoya
Nashriyot „Yangi asr avlodi“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2005
Sahifalar soni 260
ISBN ISBN 5-633-01748-X

„Yovuzlik farishtasi“ — oʻzbek yozuvchisi Zulfiya Qurolboy qizi qalamiga mansub hikoyalar toʻplami.[1] Asardagi hikoyalar hayotiy voqealarga asoslanib yozilgan. Ulardagi voqealar oʻzbek xalq matallari, dostonlari va choʻpchaklariga xos uslubda hikoya qilingan. Asar Oʻzbekistonda lotin yozuvi kiritilganidan keyin qariyb oʻn yil oʻtganidan keyin chop etilgan boʻlsa-da, kiril yozuvida nashr qilingan.

„Yovuzlik farishtasi“ 2005-yil Toshkent shahrida „Yangi asr avlodi“ nashriyotida chop etilgan. Toʻplamga muallifning 16 ta hikoyasi kiritilgan. Toʻplam masʼul muharriri — Xurshid Doʻstmuhammad. Doʻstmuhammad, shuningdek, kitob kirish soʻzini yozgan.

Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Aziz Said — muharrir, Obid Burxonov — musavvir, Elina Demchenko — texnik muharrir, Gavhar Mirzayeva — musahhih, komputerda sahifalovchi — Rostislav Esaulenko. Kitob adadi — 3 000 nusxa.

Hikoyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Muhabbat va nafrat
  2. Ayol qiyofasidagi ajal
  3. Quyosh men tomonda
  4. Hilola
  5. Xoliq amaki
  6. Tafakkur
  7. Ayol
  8. „Muhabbat-hijronda!..“
  9. Nomus
  10. Oʻlimga yetaklovchi „kampirlar“
  11. Rashk
  12. Latofat xonim
  13. Havoga sovrilgan umr
  14. Yovuzlik farishtasi
  15. O, hayot!
  16. Toʻxtab qolgan vaqt suvratlari

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Zulfiya Qurolboy qizi (1966)“. Ziyouz. Qaraldi: 2020-yil 7-dekabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]