Fayl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fayl — EHM (kompyuter)larda maʼlumot saklanuvchi diskning nomlangan sohasi. Oʻz belgisi (nomi)ga ega boʻladi. Diskka maʼlumotlarni boshqa bir yoʻl bilan yozib boʻlmaydi: birgina harfni diskka yozish zarur boʻlsa ham, unga nom berib, F. koʻrinishida xotirada saqpash kerak. F.lar matnli, fafikli (rayem, tasvir) va boshqa maʼlumotli boʻladi. F.lar ish jarayonida, mas, matn yoki elektron jadval bilan ishlashda, yo boʻlmasa, bevosita foydalanuvchi tomonidan tashkil etiladi. F.ning asosiy belgilari — nomi, oʻlchami (bayt hisobida), tashkil etilgan sanasi (kun, oy, yil), vaqti (soat va minut). F. asosiy nomga (DOS tizimida kupi bilan sakkizta belgi) va kengaytirgichga (kupi bilan uchta belgi) ega boʻlishi mumkin. Fayl nomi va kengaytirgichi bir-biridan nukta bilan ajratiladi. Ular lotin alifbosining katta yoki kichik harflari, sonlar va timsollardan iborat boʻlishi mumkin. F.ni nomlashda uning kengaytirgichi berilishi shart emas, lekin fayl mazmuniga koʻra kengaytirgich berilsa, uni ishlatish osonlashadi. Mac, exe, . com — bajariluvchi fayllar; bat — buyrukli fayl; bas — Beysik dasturi fayli; pas — Paskal dasturi fayli; txt, doc — matnli fayllar; xls — elektron jadvalli fayl.