Kontent qismiga oʻtish

Yomonqum choʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yomonqum choʻli - Markaziy Qizilqumdagi choʻl. Tomditov bilan Boʻkantov togʻlari oraligʻida joylashgan. Gʻarbda Mingbuloq, sharqda Moʻlali botiqlari bilan chegaradosh. Eng baland joyi sharqida 303 m, gʻarbida 169 m. Koʻzanakli (chuqurligi 5—8 m), doʻng (balandligi 4—6 m) va marzali qum (balandligi 6—9 m) shakllari uchraydi, quduqlar atrofida barxanli qumlar vujudga kelgan. Mingbuloq botigʻi yaqinida relyef sathi pasayib, qumli qoplam qalinligi kamayib boradi. Baʼzan tub jinslar yuzasi ochilib qolgan, ayrim joylarda kichik botiklar uchraydi. Yo.ch.da Tubelek (balandligi 258 m), Tulyatosh (268 m), Qoratepa (141 m), Darvoza (248 m) kabi tepalar mavjud boʻlib, ular bur, paleogen, baʼzan neogenning choʻkindi jinslaridan tuzilgan, janubiy yon bagʻirlari tik va quruq oʻzanlar bilan parchalangan. Qumlikda choʻl oʻsimliklaridan cherkez, oqsaksovul, juzgʻun, quyonsuyak, selin, isiriq, efemerlar (qoʻngʻirbosh, rang , kovrak va boshqalar), shoʻrxoklarda bir yillik shoʻralar (baliqkoʻz, qorashoʻra va qizilshoʻra), yulgʻun, korabarok, kermak va boshqalar tarqalgan. Yaylov sifatida foydalaniladi. Yomonqum choʻlini ZarafshonUchquduq temir yoʻl va avtomobil yoʻllari kesib oʻtgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil