Baliqkoʻz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Baliqkoʻz (Climacoptera) — shoʻradoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtlar turkumi. Boʻyi 5 — 50 sm, poyasi tukli. Barglari mayda, etdor, poyada qaramaqarshi joylashgan. Mevasi qizgʻish yoki sargʻish pardasimon qanotchalarga ega. Iyun — iyulda gullaydi, okt. da pishadi. Oʻrta Osiyo hududida choʻl mintaqalarida shoʻr (taqir) va shoʻrxok tuproqlarda oʻsadi. 10,5% protein, 11,5% kletchatka va 1,5% moi, poya va barglarida esa 1,3% limon kislota boʻladi. Oʻzbekistonda bir nechta turi tarqalgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil