Ksilografiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yog'och Gravyuradan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Ksilografiya (ksilo... va ...grafiya), yogʻoch gravyura — yogʻochga ishlangan gravyuraning keng tarqalgan eng qad. turi. Bosma shakl (klishe) qoʻlda oʻyib tayyorlanadi: taxtaning tekis yuzasiga rasm chiziladi, rasmdan boʻsh joylar (zamin)i iskana bilan oʻyib rasmli sathdan (2–3 mm) chuqurlashtiriladi. Boʻrtma tasvir yuzasiga boʻyoq surtib nusxa koʻchiriladi. K. usulida tayyorlangan qolip 15 ming nusxa koʻchirishga yetadi.

K.ning 2—boʻylama K. (daraxtdan boʻy-lamasiga kesib olingan yogʻochga ishlangan) va koʻndalang K. (daraxtdan koʻndalangiga kesib olingan yogʻochga ishlangan) turi mavjud. Rangtasvir va rangli rasmlardan nusxa koʻchirganda koʻpincha koʻndalang K. ishlatiladi.

K. dastlab Xitoyda (6-asr), 14-asrdan Gʻarbiy Yevropada, 16-asrdan Rossiyada qoʻllanila boshlagan. Rangli K. ham Xitoy (16-asr)da paydo boʻlgan, ayniqsa, Yaponiyada uzoq va yorqin taraqqiy etgan, yapon rassomlari (Katsusiko Xokusay va boshqalar) rangli K.da ulkan yutuq,larga erishdilar. Ingliz rassomi T. Byuik tomonidan koʻndalang K. ixtiro qilingach (1771), Yevropada bu usulda illyustratsiyalar ishlab chiqarish keng yoʻlga qoʻyildi. K. taraqqiyotiga U. Nikolson (Buyuk Britaniya), F. Valloton (Shveysariya), E. Munk (Norvegiya), A. Ostroumova-Lebedeva (Rossiya) va boshqa katta hissa qoʻshdilar. Oʻzbekistonlik rassomlar (M. Kagarov, I. Kiriakidi va boshqalar) K. usulida 70-yillardan ijod qiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil