Medat Kagarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Medat Aytoxunovich Kagarov (1940.15.6, Olmaota) — grafik rassom, Oʻzbekistan xalq rassomi (1990). Moskva Oliy badiiy sanoat bilim yurtini tugatgan (1965). 1965-yildan Oʻzbekistonda. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti (1965—74) va Respublika rassomlik bilim yurti (1974— 82)da dars bergan. Kagarov ijodiy izlanuvchan, bir qolipda ishlashdan xoli boʻlgan yangi, boy grafik vositalarni izlab topadi, dastgoh va kitob grafikasida, shuningdek, ekslibrisda ijod qiladi. 30 dan ortiq grafik turkum asarlar yaratdi. Navoiyning „Sabʼai sayyor“ (1977), Oʻ. Sulaymonovning „Aylanayin“ (1987), A. Oripovning „Ishonch koʻpriklari“ (1989) va b. kitoblarni badiiy bezadi. 1990-yildan rangtasvirda ham ijod qiladi („Jonajon oʻlka“, 1993; „Borayotgan karvon“, 1994; „Ipak yoʻlida“, 1996; „Oʻzgarishlar kitobi“, 1999 va boshqalar).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil