Yoʻldosh Eshbek
Yoʻldosh Eshbek | |
---|---|
Tavalludi |
1-sentyabr 1950-yil |
Kasbi | shoir, tarjimon |
Ijod qilgan tillari | Oʻzbekcha |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Alma mater | Toshkent davlat universiteti |
Mukofotlari |
Yoʻldosh Eshbek (1950-yil 1-sentyabr; Samarqand viloyati Ishtixon tumani) — shoir, tarjimon. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, „Shuhrat“ medali sohibi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.
Hayoti va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoʻldosh Eshbek 1950-yilda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tugʻilgan. 1977-yilda Toshkent davlat universitetining Filologiya fakultetini tamomlagan.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shoirning ilk sheʼrlari 1978-yilda „Guliston“ jurnalida eʼlon qilingan. Ilk sheʼriy toʻplami 1981-yilda „Sogʻinib yashayman“ nomi ostida nashrdan chiqqan. Keyinchalik birin-ketin 1985-yilda „Yuksak daraxtlar“, 1987-yilda „Moviy turnalar“, 1988-yilda „Yaxshilikka qarayman“, 1989-yil „Daraxtlar ertagi“, 1990-yil „Hayot chechagi“, 1991-yil „Mangu masofa“, 2018-yil „Qizgʻaldoqlar ochildi“, 2019-yil „Yigʻlayotgan qiz“, 2020-yil „Koʻzlari koʻzguligim“, 2021-yil „Vatan nedir?“ kabi she’riy toʻplamlari nashr qilingan[1]. SSSR davri yillarida yozilgan „Oygulginam“, „Qadim ohanglar“ („Qoʻsh hayda“), „Qoʻshigʻing“ („Biz baxtiyor boʻlgaymiz xoʻp“), „Boychibor“, „Xabar“ („Alpomish“ dostonini oʻqib), „Alpomish“, „Tohir“ kabi necha oʻnlab she’rlari ozodlik, erkinlikka bagʻishlangan. Yoʻldosh Eshbek tarjima sohasida ham salmoqli ishlar qilgan boʻlib, Imom Gʻazzoliyning „Ey farzand“, Ahmad Lutfiy Qozonchining „Oʻgay ona“, „Hazrati Ali“, Fotima Temurning „Koʻngil do‘stlari“, „Tazkirat ul-avliyo“, Amina Shenlikogʻluning „Vijdon azobi“ hamda Oʻljas Sulaymonning „Sopol kitob“ va boshqa adiblarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan[2]. Quyida shoir ijodidan namuna:
Yigʻlayotgan qiz |
Seni yupatmoqqa jurʼat yoʻq menda, |
Eʼtirof va tanqidlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ozarbayjon fanlar akademiyasining bosh ilmiy xodimi, filologiya fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Yashar Qosim shoir ijodiga quyidagicha taʼrif bergan[3]:
...Yo‘ldosh Eshbek she’rlarini ich-ichidan bir shu’la – sog‘inch shu’lasi yoritib turadi. Lirik “men”ning rangin taassurot va sezgilari sog‘inch yog‘dulari yorug‘ligida oydinlashadi. Sog‘inch o‘ta emotsional bir kechinma sifatida bu she’rlarda lirik “o‘zni ifoda” shakli, yo‘sini singari moddiylashadi. Shu ma’naviy-poetik unsur Sog‘inchli olam sarhadlarini muayyanlashtiradi. Sog‘inch, ta’bir joiz bo‘lsa, lirik qahramon dunyosining og‘irlik markazidir. Turfa tuyg‘ular va hissiyotlar oqimining tutash nuqtasidir. O‘tmish bilan istiqbol, xotira va orzular xuddi mana shu nuqtada yuzma-yuz keladi...
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir, tarjimon, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi Mirzo Kenjabek shoirga shunday taʼrif bergan[4]:
...Yo‘ldosh Eshbek – turkiy-o‘zbek adabiyotida o‘z o‘rnini topgan, o‘ziga xos xalqchil ovozga ega bo‘lgan, she’rlari daryo to‘lqinidek zalvar bilan to‘lqinlanib turadigan hassos shoir. U qaysi shakl va vaznda yozmasin, she’rlari xalq ohanglari tomon burilgan nuqtalarda alohida samimiyat va yuksaklik kasb etadi, muallifning qalb kengliklarini ochadi, ulkan ijtimoiy dard va g‘oyalarini ifoda etishda imkon paydo qiladi. Ana shu ma’noda Yo‘ldosh Eshbek milliy ohanglarni uyg‘otguvchi xalq shoiridir...
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1998-yilda shoir „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan. 2023-yil Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 32 yil toʻlishi arafasida Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi unvoni bilan taqdirlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Yo’ldosh Eshbek. Yo’llarimiz bir kun tutashar. She’rlar.“. kh-davron.uz. Qaraldi: 25-iyul 2024-yil.
- ↑ „YO‘LDOSH ESHBEK (1950)“. ziyouz.com. Qaraldi: 25-iyul 2024-yil.
- ↑ „Qo‘shiq – kurashning so‘z bosqichi. Ozarboyjonlik professor Yo‘ldosh Eshbek she’riyati haqida“. oyina.uz. Qaraldi: 25-iyul 2024-yil.
- ↑ „Yo‘ldosh Eshbek – xalq dardlari kuychisi“. yoshlikjurnali.uz. Qaraldi: 25-iyul 2024-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Men bilgan haqiqatlar | Yo'ldosh Eshbek
- Yoʻldosh Eshbek. Yigʻlayotgan qiz | Йўлдош Эшбек. Йиғлаётган қиз
- Sheʼr sehri. Yoʻldosh Eshbek | Шеър сеҳри. Йўлдош Эшбек
- Shoir, tarjimon Yo’ldosh Eshbek bilan intervyu
- Bitmas Xazina 134-soni | ko'rsatuv mehmoni Yo‘ldosh Eshbek
- Yoʻldosh Eshbek. Boychibor | Йўлдош Эшбек. Бойчибор