Yoʻldosh Aʼzamov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Yoʻldosh Aʼzamov
Tugʻilishi 10-may 1909-yil(1909-05-10)
Vafot sanasi 16-iyun 1985-yil(1985-06-16)
(76 yoshda)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi aktor, rejissor va dramaturg
Mukofotlari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1965),
Oʻzbekiston xalq artisti (1970),
Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti (1972),
SSRI xalq artisti (1979)
IMDb ID 0013815

Yoʻldosh Aʼzamov (baʼzan Yoʻldosh Agzamov deb yoziladi) (10-may 1909 – 16-iyun 1985) – oʻzbek aktori, rejissori va dramaturgi.[1] Aʼzamov 1979-yil Oʻzbek SSR xalq artisti va 1979-yil SSRI xalq artisti unvonlarini olgan.[2] Uning eng mashhur filmlari «Maftuningman» (1958) va «Oʻtgan kunlar» filmlaridir. «Maftuningman» birinchi oʻzbek komediyasidir va u eng sara oʻzbek filmlardan biri hisoblanadi.[3]

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoʻldosh Aʼzamov 1909-yil 10-mayda Toshkentda tugʻilgan. 1936-yildan 1930-yilgacha Aʼzamov Sovkino va Vostokkinoda aktorlik qilgan. 1930-yildan boshlab Oʻzbekfilmda ishlay boshlagan. Yoʻldosh Aʼzamov 1985-yil 16-iyunda 76 yoshda oʻlamdan oʻtgan. U Toshkentdagi Chagʻatoy qabristonida koʻmilgan.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aʼzamov aktor sifatida Yu. Rayzmanning „Yer chanqogʻi“ (1930), Nabi Gʻaniyevning „Yuksalish“ (1931) filmlaridagi Qurbongeldi va mexanik obrazlarini yaratgan. „Tohir va Zuhra“ (1945) badiiy filmiga ikkinchi rejissor boʻldi.

Aʼzamov urushdan keyingi yillarda esa hujjatli-xronikal filmlar („Xalq qizlari“, „Toshkent MESi“ va boshqalar) ishladi. Aʼzamovning birinchi mustaqil badiiy filmi „Qilich“ (1934) filmidir. Aʼzamov Toshkent Yosh tomoshabinlar teatrida rejissor sifatida bir qancha pesalarni sahnalashtirgan.

Aʼzamov kinorejissor sifatida „Gulbahor“ (1956), „Maftuningman“ (1958), „Furqat“ (1959), „Istiqbol yoʻli“ (1961), „Oydin sahifa“ (1965), „Sayyod qoʻngʻirogʻi“ (1966), „Oʻtgan kunlar“ (1969), „Olovli soʻqmoqlar“ (1971), „Mehrobdan chayon“ („Zulmatni tark etib…“, 1973), „Odamlar tashvishida“ (1976), „Ota nasihati“ (1979), „Katta va qisqa hayot“ (1981), „Parol, „Regina“ mehmonxonasi“ (Z. Rayzman bilan hamkorlikda, 1984) va boshqa filmlarni yaratdi.

Aʼzamov ijodida oʻzbek xalqining tarixiy va zamonaviy hayoti sahifalarini milliy ruhda koʻrsatishga intilish koʻproq seziladi. Aktorlar bilan obrazlar ustida chuqur ishlash, barcha harakatlarni qahramon xarakteri va ichki dunyosini ochib berishga qaratish rejissor ijodiga xos.

Unvon va mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoʻldosh Aʼzamov koʻplagan unvon va mukofotlar sovrindoridir. 1965-yil unga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi unvoni berilgan. 1970-yil Aʼzamov Oʻzbekiston xalq artisti unvonini olgan. 1972-yil unga Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti berilgan. Aʼzamovga 1979-yil nufuzli SSRI xalq artisti unvoni berilgan

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rejissor sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ruscha: «Клыч» (1935)
  • Ruscha: «Узбекский киноконцерт» (1941)
  • Ruscha: «Во имя счастья» (1956)
  • Ruscha: «Рыбаки Арала» (1957)
  • „Maftuningman” (Ruscha: «Очарован тобой)» (1958)
  • Ruscha: «Фуркат» (1959)
  • Ruscha: «Отвергнутая невеста» (1961)
  • Ruscha: «Пятеро из Ферганы» (1963)
  • Ruscha: «Дорога за горизонт» (1963)
  • Ruscha: «Листок из блокнота» (1965)
  • Ruscha: «Колокол Саята» (1966)
  • „Oʻtgan kunlar” (Ruscha: «Минувшие дни») (1969)
  • Ruscha: «Горячие тропы» (1971)
  • Ruscha: «Побег из тьмы» (1973)
  • Ruscha: «Ради других» (1976)
  • Ruscha: «Отцовский наказ» (1979)
  • Ruscha: «Большая короткая жизнь» (1981)
  • Ruscha: «Пароль – «Отель Регина»» (1983)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Yo'ldosh A'zamov (rus.). Toshkent Memoriali. Qaraldi: 28-May 2012-yil.
  2. „Yo'ldosh A'zamov (rus.). Kino-Teatr. Qaraldi: 28-May 2012-yil.
  3. Ganjazoda, Zеbo „„Maftuningman” filmi: qiziq voqealar va maftunkor chehralar“. Mashur.uz. Qaraldi: 28-May 2012-yil. [sayt ishlamaydi]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]