Kontent qismiga oʻtish

Mehrobdan chayon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mehrobdan chayon

2018-yilgi nashr jildi
Muallif(lar) Abdulla Qodiriy
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i roman
Nashr etilgan sanasi 1929-yil
Nashriyot Sharq nashriyoti
Sahifalar soni 288 bet
ISBN ISBN 978-9943-26-778-7

"Mehrobdan chayon" – Oʻzbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriyning ikkinchi yirik asari. 1928-yilning fevralida tugallangan. Roman ilk bor 1929-yilda Samarqandda nashr etilgan.

Keyinchalik roman koʻp marta qayta nashr etilgan. Xususan, 1994-yilda roman Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyotda (tiraji 60 ming nusxa), 2016-yilda „Noviy vek“ nashriyoti, 2008 va 2018-yillarda „Sharq“ nashriyotida qayta nashr etilgan. Rus tiliga 1961-yilda Lidiya Bat va Vera Smirnova tomonidan tarjima qilingan.

Roman yozilgan paytda SSSRda mavjud boʻlgan rasmiy yoʻriqnomalarga koʻra, antiklerikal va antifeodal xarakterga ega boʻlib, islom dinshunoslari va inqilobdan oldingi „Oʻrta Osiyo feodalizmi“ni tanqid qiladi, xalqdan chiqqan kishilarning axloqiy fazilatlarini ulugʻlaydi.

Yoʻldosh Aʼzamov tomonidan 1973-yilda roman asosida "Pobeg iz tmi" nomli film suratga olindi[1][2].

  1. „«Mehrobdan chayon» Abdulla Qodiriy“. 2022-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-mart.
  2. „«Mehrobdan chayon», Abdulla Qodiriy“. 2022-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-mart.