Yevro-2024 finali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yevro-2024 finali

Olympiastadion. Berlin
Turnir Yevro-2024
Sana 14-iyul, 2024-yil(2024-07-14)
Oʻyin oʻtkazilgan joy Olympiastadion, Berlin
2020
2028

Yevro-2024 finali - UEFA Yevro-2024 g'oliblarini aniqlash uchun yaqinlashib kelayotgan futbol o'yini. O'yin to'rt yilda bir marta o'tkaziladigan UEFA Yevropa chempionatining 17- finali bo'lib, UEFAga a'zo assotsiatsiyalarning erkaklar terma jamoalari Yevropa chempionlarini aniqlash uchun kurash olib boradi. O'yin 2024-yilning 14-iyul kuni Germaniyaning Berlin shahridagi "Olimpiastadion" da bo'lib o'tadi. Finalda yarim final g'oliblari bahslashadi[1].

Final o'tkazilish joyi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil 14-iyul
Birinchi finalchi Final Ikkinchi finalchi
Report
Olimpiadaning ichki qismi

Final Germaniyaning Berlin shahrida Charlottenburg-Wilmersdorfdagi Olimpiastadion o'yingohida bo'lib o'tadi. 2018-yilning 27-sentabr kuni Shveytsariyaning Nyon shahrida turnir mezbonligi uchun o‘tkazilgan ovoz berishda Turkiyani mag‘lub etganidan keyin 2024-yilgi turnir Germaniyada o‘tkazilishini e’lon qildi[2][3]. Olimpiastadion o'yingohi UEFA Ijroiya qoʻmitasi tomonidan 2022-yilning may oyida turnirning yakuniy joyi sifatida tanlandi. Final bahsidan tashqari guruh bosqichining uchta oʻyini, 1/8 final oʻyinining biri va 1/4 final oʻyinlari ham oʻtkazilishi ma'lum qilingan[4][5].

Olimpiastadion 1936-yilda Berlinda ochilgan. 1936-yilgi yozgi Olimpiya o'yinlari uchun maxsus xizmat qilgan. O'yingoh Berlin shahriga tegishli. 1963-yildan beri Hertha BSC futbol klubining uy stadioni hisoblanadi. Germaniya terma jamoasi ham vaqti-vaqti bilan o'z uy uchrashuvlarini ushbu o'yingohda o'tkazdi. Olimpiastadionda bir nechta muhim o'yinlar o'tkazilgan. 1974-yil va 2006-yilgi Jahon chempionati, Italiya va Fransiya o'rtasidagi final o'yinlari shular jumlasidan[6]. Olimpicstadion 1985-yildan buyon DFB-Pokal musobaqasining final o'yinlarini o'tkaziladigan joy. O'yingoh 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatini[7], 2015-yilgi “Barselona” va “Yuventus” oʻrtasidagi UEFA Chempionlar Ligasi finallarini o'zida qabul qilgan[8].

Finalgacha yo'l[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi finalchi Bosqichlar Ikkinchi finalchi
Raqib Natija Guruh bosqichi Raqib Natija
1-o'yin
2-o'yin
3-o'yin
Yakuniy holat
Raqib Natija Saralash bosqichi Raqib Natija
Nimchorak final
Chorak final
Yarim final

O'yin natijasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil 14-iyul
Birinchi finalchi Final Ikkinchi finalchi
Report

Uchrashuv qoidalari[9]

  • 90 daqiqa asosiy vaqt.
  • Asosiy vaqtda durang qayd etilsa 30 daqiqalik qo'shimcha bo'limlar.
  • Qo'shimcha daqiqalarda ham durang qayd etilsa penaltilar seryasi.
  • 12 tagacha zahira o'yinchilari.
  • Asosiy daqiqalarda 5 ta, qo'shimcha daqiqalarda yana bitta o'zgarish.
  1. „UEFA Euro 2024 match schedule“. UEFA.com. Union of European Football Associations. Qaraldi: 2023-yil 3-dekabr.
  2. „Germany to host UEFA EURO 2024“. UEFA (2018-yil 27-sentyabr).
  3. „Euro 2024: Germany beats Turkey to host tournament“. BBC Sport (2018-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 27-sentyabr.
  4. „Uefa EURO 2024 Final in the Olympiade stadion Berlin, Six Games in the Capital“ (2022-yil 20-may). Qaraldi: 2023-yil 3-dekabr.
  5. „EURO 2024 host cities: Venue guide“ (en). uefa.com. UEFA (2022). Qaraldi: 2022-yil 12-may.
  6. „Italy – France“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association. 2020-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-avgust.
  7. Nine Host Cities announced. FIFA.com. 30 September 2008. Retrieved 1 October 2008.
  8. „Executive Committee decides hosts for 2015 finals“. UEFA.org. Union of European Football Associations (2013-yil 23-may). 2015-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-fevral.
  9. „Regulations of the UEFA European Football Championship 2022–24“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2022-yil 1-iyun). Qaraldi: 2023-yil 3-dekabr.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]