Yer aholisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Yer aholisi - bu ma'lum bir vaqtda Yerda yashovchi barcha odamlar sonining umumiy yig'indisidir. 2022 yil iyun holatiga ko'ra, dunyo aholisi taxminan 7,95 milliardni tashkil etadi [1] .

1970-yillarga qadar dunyo aholisi giperbolik tarzda o'sgandi; 1990-yildan boshlab esa, dunyo aholisining oʻsish surʼatining sekinlashuvi kuzatilmoqda [2], 1990-yilda oʻsish 87,4 million. 87 million ni tashkil etgan boʻlsa, 2000-yillardagi o'rtacha oʻsish 1963 yilga nisbatan qariyb ikki baravar kamaydi.

BMT ma'lumotlariga ko'ra, 1994-2014 yillarda 60 yoshdan oshgan odamlar soni ikki baravar ko'paydi va 2014 yilga kelib dunyoda qariyalar soni besh yoshgacha bo'lgan bolalar sonidan oshib ketdi [3] . CIA World Factbook ning 2020 yil bo'yicha ma'lumotlariga ko'ra, Yaponiya dunyodagi barcha mamlakatlar orasida eng yuqori o'rtacha yoshiga ega - 48,6. 2020 yil holatiga ko'ra, Yaponiya aholisining 29,18 foizi 65 yoshdan oshgan [4] .

2009 yilda insoniyat tarixida birinchi marotaba shahar aholisi soni qishloq aholisi soniga tenglashdi va 3,4 milliard kishini tashkil qildi [5] . Kelakakda ham, shahar aholisi dunyo aholisining ortib borayotgan qismini tashkil etishi kutilmoqda (ya'ni, shahar aholisi butun dunyo aholisidan tezroq o'sishda davom etadi). 2020 yil holatiga ko'ra, dunyo aholisining 56,2% shaharlarda istiqomat qiladi [6] . BMT tadqiqotlariga ko'ra 2050 yilda dunyo aholisining 68,6 foizi shaharlarda istiqomat qiladi [7] .

Jahon banki ma'lumotlariga ko'ra, 2019 yilda dunyo aholisi 7,674 milliard kishini tashkil etdi [8] .

2020 yil ko'rsatkichlari bo'yicha dunyo aholisining 59,5 foizi Osiyoda, 17,2 foizi Afrikada, 9,6 foizi Yevropada, 8,4 foizi Lotin Amerikasida, 4,7 foizi Shimoliy Amerikada, 0,5 foizi Okeaniyada istiqomat qiladi [7] . 2050 yilda, BMT dunyo aholisining 55,8 foizi Osiyoda, 26,3 foizi Afrikada, 8,0 foizi Lotin Amerikasida, 7,5 foizi Evropada, 4,5 foizi Shimoliy Amerikada, 0,6 foizi - Okeaniyada [9] [10] [11] [12] [13] [14] yashaydi deb tahmin qilmoqda .

2014-yilda BMT va Vashington universiteti olimlari 2100-yilga kelib Yer aholisi 11 milliard kishiga yetadi degan hulosa kelishgandi [15] . Vashington universiteti olimlarining keyingi (2020) hisob-kitoblariga ko'ra, 2100 yilga kelib Yer aholisi 8,8 milliard kishini tashkil qiladi [16] [17] .

Aholi soni bo'yicha dunyodagi eng yirik davlat - Xitoy, ikkinchi o'rinda Hindiston turadi. 1991 yilgacha Sovet Ittifoqi aholi soni bo'yicha uchinchi o'rinda turar edi, u parchalanganidan keyin, 2006 yildan keyin 300 milliondan ortiq aholiga ega Amerika Qo'shma Shtatlari uchinchi o'rinni egalladi. Indoneziya va Pokiston aholi soni bo'yicha to'rtinchi va beshinchi o'rinlarda; Nigeriya, Braziliya, Bangladesh, Rossiya mos ravishda oltinchi, ettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi o‘rinlarni egallagan.[⇨]

Milliardlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ranglar bo'yicha aholi sonining 2019 yilga ko'ra holati

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg'armasi ma'lumotlariga ko'ra, dunyo aholisi soni yillar kesimida quyidagi qiymatga ega:

  • 1 milliard - 1804;
  • 2 milliard - 1927 yil;
  • 3 milliard - 1960;
  • 4 milliard - 1974 yil;
  • 5 mlrd - 1987 yil 11 iyul;
  • 6 milliard - 1999 yil 12 oktyabr [18] ;
  • 7 milliard - 2011 yil 31 oktyabr [19] ;
  • 2022-yil 15-noyabrgacha 8 mlrd (tahmin) [20] [21] .
  • Agar aholi sonining o'sish dinamikasi keskin o'zgarishlarga uchramasa, 9 milliard kishilik marrani taxminan 2042 yilga qadar bosib o'tiladi [22] [22] [23] .

Jamg'arma ba'zi bolalarni shartli ravishda sayyoramizning 5, 6 yoki 7 milliard aholisi deb e'lon qilib Shartli Tadbirlar tashkil qilib turadi.


Gollandiyaning matematika va informatika markazining statistik mutaxassisi Piter Grunvaldning taxminiy hisob-kitoblariga ko‘ra, insoniyatning 162 ming yillik tarixida Yerda 107 milliarddan ortiq odam tug‘ilgan [24] .

Aholi soni bo'yicha dunyodagi eng yirik davlatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholi soni 100 million ko'rsatgichga erishgan birinchi davlat 1470-yillarda Xitoy bo'lgan. Deyarli bir vaqtning o'zida, taxminan 1500, Hindiston bu raqamga yetib oldi. Bu ikki davlat qariyb to‘rt asr davomida 100 milliondan ortiq aholisi bo‘lgan yagona davlatlar bo‘lishdi. 1870-yillarning oxirida Rossiya imperiyasi 100 million aholiga ega davlatlar guruhiga qo'shildi. 1915-yilda AQSH aholisi 100 millionga yetdi.1930-yilda Rossiya aholisi soni ham 100 million kishiga yetdi (SSSRning umumiy aholisi oʻsha yili taxminan 154 million kishi edi).

 


[25] :

  • o'rinni egallaydi.
  1. „World Population Clock: 7.95 Billion People (2022) - Worldometers“ (en). worldometers.info. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  2. Экспертный портал Высшей школы экономики
  3. ООН: население Земли достигло 7,2 млрд человек // Вести Экономика
  4. „East Asia/Southeast Asia :: Japan — The World Factbook — Central Intelligence Agency“. 28-dekabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-noyabr 2020-yil.
  5. В 2009 году число горожан впервые сравнялось с числом сельских жителей, составив 3,4 миллиарда человек
  6. „World — The World Factbook — Central Intelligence Agency“. 16-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-dekabr 2020-yil.
  7. 7,0 7,1 World Population Clock: 7.8 Billion People (2020) — Worldometer
  8. Datatopics.Worldbank.org
  9. Population of Asia (2020) — Worldometer
  10. Population of Africa (2020) — Worldometer
  11. Population of Europe (2020) — Worldometer
  12. Population of Latin America and the Caribbean (2020) — Worldometer
  13. Population of Northern America (2020) — Worldometer
  14. Population of Oceania (2020) — Worldometer
  15. „Население Земли в 2100 году составит 11 миллиардов человек“. Lenta.ru (18 сентября 2014). Qaraldi: 2-oktabr 2020-yil.
  16. Сергей Коленов. „Населению Земли предрекли сокращение после 2064 года“. Интернет-издание N+1 (16-iyul 2020-yil). Qaraldi: 2-oktabr 2020-yil.
  17. Максим Макарычев. „Эксперты: В 2100 году на Земле будут проживать 8,8 миллиарда человек“. Интернет-портал «Российской газеты» (15-iyul 2020-yil). Qaraldi: 2-oktabr 2020-yil.
  18. [„World Population Hits 6 Billion“. 10-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-sentabr 2017-yil. World Population Hits 6 Billion]
  19. Population seven billion: UN sets out challenges — BBC News
  20. „Осенью численность населения Земли достигнет 8 млрд человек“ (ru). Forbes.ru. Qaraldi: 21-iyul 2022-yil.
  21. „В ООН рассказали, когда население Земли достигнет 8 млрд человек“ (ru). РБК. Qaraldi: 21-iyul 2022-yil.
  22. 22,0 22,1 Ch. 5: Population Size and Composition // World Population Prospects, the 2000 Revision. — United Nations Population Division. — Т. Vol.III. — С. 171.
  23. „Total fertility estimates, 1950–2010“. UN Population Division (1-aprel 2011-yil). 7-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-iyun 2012-yil.
  24. „Сколько людей жило на Земле за всю историю“. Новые Известия. Qaraldi: 22-yanvar 2016-yil.
  25. United Nations. Department of Economic and Social Affairs. Population Division. „The 2022 Revision of World Population Prospects“ (en). Qaraldi: 19-iyul 2022-yil.