Yalang'och ayol (Renuar, 1876)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yalang'och ayol
: '
Rassom Per-Avgust Renuar
Yil 1876
Material xolst, moybo'yoq
Oʻlchami 92 sm × 73 sm (6,200 in × 4,900 in)
Joylashuvi Pushkin nomidagi davlat tasviriy san'at muzeyi, Moskva

Yalang'och ayol (fr. Nu féminin) - asar Per-Avgust Renuar (Pierre-Auguste Renoir, 1841—1919) ijodiga tegishli bo'lib, 1876-yilda ishlangan. Asar, shuningdek, "Divanda o'tirgan yalang'och ayol", "Anna" (tasvirdagi model), "Cho'milishdan keyin" va "Marvarid" nomlari bilan ham tanilgan. Hozirda Pushkin nomidagi davlat tasviriy san'at muzeyida saqlanadi. Shuningdek, muzeyda Renuar ijodiga tegishli bo'lgan shu mavzuga aloqador boshqa, ko'plab asarlarni uchratish mumkin. Rassom sermahsul ijodiy faoliyati davomida yalong'och (ing: nude) janriga ko'p marta murojat qilgan.

Izoh[tahrir | manbasini tahrirlash]

Renuar ijodiy faoliyati impressionizmga asoslangan bo'lishiga qaramay, unda inson tasviri Eduard Mane yoki Edgar Degasda bo'lgani kabi aniqligi, chizgilarning sifatliligi bilan ajralib turadi. Renuar 1860-yillardan to o‘limigacha yuzlab yalang‘och janriga oid asarlar ishlagan. Renuar ijodiy faoliyatini endi boshlagan yillari Luvr muzeyida juda ko'p vaqtini o'tkazgan. U yerda bo'lajak rassom Piter Pol Rubens, Fransua Bushe va Ejen Delakrua singari buyuk rassomlar ishlarini o'rganadi, ulardan ko'chirmalar ishlaydi.[1]

"Mushuk ko'targan bola", 1868 y.

Renuar bundan oldin ham bu mavzuda asarlar yaratgan. Misol tariqasida 1868-yilda ishlangan "Mushuk ko'targan bola", asarini keltirish mumkin. Rassomda bu janrga qiziqishning paydo bo'lishiga Rubens ishlari katta tasir o'tkazgan. Ammo Rubensdan farqli Renuar go'zallikni ideallashtirmadi, unga ortiqcha jilo bermadi, shunchaki haqiqiy hayotda uchraydigan, biz ko'rishimiz mumkin bo'lgan hayotiy tasvirni xolstga ko'chirib qo'ya qoldi.

" Anna " asarida Renuar aynan mana shu go'zallikni tasvirlaydi. Kartina markazi yorqin ranglar bilan ishlangan va buni yanada bo'rtirib ko'rsatish maqsadida asar chetki qismlari sovuq kulrang-ko'k soyalar bilan o'rab tasvirlangan. Renuar tananing konturlarini yanada nozikroq qilish uchun kichik, yumshoq mo'yqalam chizgilaridan foydalangan. Bu uslub bilan u, Maneda bo'lgani kabi, impressionizmga inson tanasining real tasvirini olib kirdi. [2]

Tanqidi[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Olimpiya", 1865 y. Eduard Mane.

Renuar va boshqa impressionistlarning bu kabi "betga choparliklari" (eski uslubdagi asarlardan ko'ra yorqinroq va o'ta hayotiyroq, ideallashtirilmagan tasvirni tez va oson chizish) omma e'tiborini tortmay qo'ymadi.[3] Impressionizmga yalong'och janrining kirib kelishini jamoatchilik qabul qilishiga biroz vaqt ketdi. Bungacha ham bu kabi ishlar impressionizm oqimida uchraydi. Misol tariqasida Eduard Mane ijodiga tegishli "Olimpiya", "O'tloqdagi tushlik" asarlarini keltirish mumkin. O'sha paytdagi bahs-munozaralarning o'ta kuchli oqimi borligiga qaramay, Renuarning ijodiy ishlari boshqa rassomlarga ham o'z tasirini o'tkazmay qo'ymadi. Masalan, bunga Anri Matissni yoki Pikassoni misol keltirish mumkin. [4] Pablo Pikasso, masalan, 1968-yilda ishlagan „Ikki yalang‘och bola“ kabi bir qator kubistik asarlar yaratdi [5]

Sotuv tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1896-yilgacha asar Emmanuel Shabriega ( Emmanuel Chabrier ) tegishli bo'lgan. Keyinchalik asarni mashhur Parij marshali Pol Dyuran-Ryuel (Paul Durand-Ruel) sotib oladi . 1898-yilda Dyuran-Ryuel "Anna"ni 15 ming frankga moskvalik savdogar va kolleksioner Pyotr Shukinga sotadi. Shundan so'ng, kartina 14 yil davomida Shukin yotoqxonasida osilgan xolda qolib ketadi, chunki Shukin kartinani galereyaga qo'yishga jur'at eta olmaydi. 1912-yil iyun oyida rasm undan akasi Sergey Shukinga o'tadi. Sergey Shukin kartinaga 6 yil egalik qilgan.

SSSR Vazirlar Kengashining 1948 yil 6 martdagi Zamonaviy G'arb san'ati davlat muzeyini tugatish to'g'risidagi farmoni.

1918-yilda asar Birinchi yangi g'arb san'ati muzeyiga topshiriladi. 1923-yilda muzey Ikkinchi yangi g'arb san'ati muzeyi bilan birlashtirilishi natijasida Yangi G'arb san'ati davlat muzeyi tashkil etildi. Asar bu yerda 1948-yil 6-martgacha, muzey I.Stalin boshchilik hukumat tomonidan tugatilgunga qadar saqlangan. Shundan so'ng kartina Pushkin muzeyiga ko'chirildi va hozirda shu yerda saqlanmoqda.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar ro'yxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Huberdeau. „Renoir's nudes showcase his evolving style“. The Berkshire Eagle (2019-yil 7-iyun). Qaraldi: 2020-yil 28-noyabr.
  2. „Pierre-Auguste Renoir - Nude. 1876“. Pushkin Museum. Qaraldi: 2020-yil 28-noyabr.
  3. „Renoir’s Problem Nudes“. The New Yorker (2019-yil 26-avgust).
  4. „Renoir: The Body, The Senses“. Apollo (2019-yil 31-may). Qaraldi: 2020-yil 28-noyabr.
  5. Pfarrer. „Of human bodies: new exhibit at Clark Art Institute showcases Renoir's focus on the nude“. Daily Hampshire Gazette (2019-yil 26-iyun). Qaraldi: 2020-yil 29-noyabr.