Pierre-Auguste Renoir
Pierre-Auguste Renoir | |
![]() | |
Tavalludi | 25-fevral 1841-yil Limoges, Haute-Vienne, Fransiya |
Vafoti | 3-dekabr 1919-yil (78 yoshda) Cagnes-sur-Mer, Provence-Alpes-Côte d'Azur, Fransiya |
Sohasi | Badiiy tasvir |
Oqim | Impressionizm |
Pierre-Auguste Renoir (talaffuzi: Pyer-Ogyust Renuar; 25-fevral, 1841–3-dekabr, 1919) fransuz impressionist rassomi boʻlgan, grafik va haykaltarosh; impressionizm namoyandasi. 50-yillarda chinni, parda, yelpigʻichlarga racm (gul) ishlash bilan shugʻullangan. 1862—64 yillar nafis sanʼat maktabida oʻqigan. Shu davrda K. Mone, A. Sisley, F. Bazil bilan tanishgan. Dastlabki asarlarini G. Kurbe, E. Mane taʼsirida yaratgan. 60—70-yillar chegarasida plenerda ijod qilishga oʻtgan R. inson shaklini oʻzgaruvchan nur havo muhitida tasvirlaydi ("Senada choʻmilish", 1869; "Loja", 1874), tabiat bilan uygʻun tabiiy muhit, insonlar munosabati, hayotiy vaziyatlar rassomni oʻziga tortadi, ayniqsa, bayramona hayot tarzi (bal, raqs, sayr va h.k.)da joʻshqin va quvnoq hayotni aks ettiradi ("Mulen de la Galet", 1876 va boshqalar); ayollar obrazi rassom ijodida goʻzal maftunkorligi bilan alohida oʻrin tutadi ("Tushlikdan soʻng", "Soyabonlar" — 1879; "Yalangoch ayol", 1876; "J. Samori portreti", 1877 va boshqalar). R. hayot oqimidan aniq yulib olingan, ayni paytda muhrlangan lahzali asarlar yaratib, impressionizm asoschilaridan biriga aylandi; monoxrom rangtasvirda ajoyib kolorist sifatida namoyon boʻldi ("Qora kiyimdagi qizlar", 1883); yengil va mayin chizigʻi bilan ajralib turuvchi rasmlar yaratdi.[1]
Ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Alfred Sisley portreti, 1868
Argenteuil bogʻidagi Claude Monet surati, 1873, Wadsworth Athenaeum, Hartford, Connecticut
Claude Monet portreti, 1875, Musée d'Orsay, Parij, Fransiya
Mme. Charpentier va uning bolalari, 1878, Metropolitan Museum of Art, New York
Qayiqchilar bazmida tushlik, 1880-1881, The Phillips Collection, Vashington
Charles va Georges Durand-Ruellar portreti, 1882
Sochini oʻrayotgan qiz (Suzanne Valadon), 1885
Berthe Morisot va qizi Julie Manet portreti, 1894
Rassom oilasi, 1896, The Barnes Foundation, Merion, Pennsylvania
Ambroise Vollard portreti, 1908
Paul Durand-Ruel portreti, 1910
Avtoportret, 1910
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |
Wikimedia Commonsda Pierre-Auguste Renoir mavzusiga oid fayllar bor. |
![]() |
![]() |