Kontent qismiga oʻtish

Pablo Picasso

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Pablo Ruiz Picasso

Haqiqiy ismiPablo Diego José Francisco de Paula Juan Nepomuceno María de los Remedios Crispín Crispiniano de la Santísima Trinidad Ruiz y Picasso
Tavalludi 25-oktyabr 1881-yil
Malaga, Ispaniya
Vafoti 8-aprel 1973-yil(1973-04-08)
(91 yoshda)
Mujen, Fransiya
Sohasi rassom, haykaltarosh, grafikchi, keramikachi va dizayner
Signatur Pablo Picasso
Signatur Pablo Picasso

Pablo Ruiz Picasso (talaffuzi Pablo Ruis Pikasso, 25-oktabr 1881, Malaga, Ispaniya8-aprel 1973, Mujen, Fransiya), toʻliq ismi Pablo Diego José Francisco de Paula Juan Nepomuceno María de los Remedios Crispín Crispiniano de la Santísima Trinidad Ruiz y Picasso (talaffuzi Pablo Diego Hose Fransisko de Paula Huan Nepomuseno Mariya de los Remedios Krispin Krispinyano de la Santisima Trinidad Ruis i Pikasso) — ispan rassomi, haykaltarosh, grafikchi, keramikachi va dizayner.

PIKASSO (Picasso) Pablo (asli Ruis-i-Pikasso) (1881.25.10, Malaga, Ispaniya — 1973.8.4, Mujen, Fransiya) — fransuz rassomi, jamoat arbobi; kelib chiqishi ispan. Dastlabki taʼlimni otasi X.Ruisdan olgan; nafis sanʼat maktabida (1894—95), Barselona (1895-yildan) va Madrid (1897—98) da oʻqigan. 1904-yildan deyarli Parijda muqim yashagan. Yirik asarlarining ilk namunalari 1900-yillarga toʻgʻri keladi ("Keksa gado oʻgʻil bola bilan", 1903; "Shar ustidagi qiz", 1905 va boshqalar). P.ning serqirra ijodi 20-asr sanʼa-tidagi qaramaqarshiliklarni oʻzida aks ettirgan, tasviriy sanʼatning koʻp sohalari (rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika va boshqalar) rivojiga kuchli taʼsir koʻrsatgan, zamonaviy sanʼatdagi inqirozlar hamda ziddiyatlarni uygunlikda tasvirlagan. 1907-yillarda buyumlarni handasiy shakllarga ajra-tib tekis yuzada uzilgan va hajmli boʻlaklardan tasviriy sanʼat asarlari yaratib kubizmta asos soldi. Bu davrda yaratilgan ayrim asarlari (mas, "Yel-pigichli xonim", 1909 va boshqalar) nafis bezagi va joʻshqin ohangdorligi bilan ajralib turadi. 1910-yillar oʻrtalaridan neoklassika anʼanalari, 1925-yildan syurrealizm, 1929-yildan abstrakt sanʼat taʼsirida boʻlgan.

30-yillar 2yarmidan P.ning ijtimoiy mavqei koʻzga tashlanadi. Qarshilik koʻrsatish harakati (Ispaniya, 1936—39; Fransiya, 1939—45)ning faol arbobiga aylanadi, fashizmning mohiyatini fosh etuvchi asarlar yaratdi: "General Frankoning orzu va yolgʻonlari" turkum asarlari (akvatinta, 1937); P.ning joʻshqin usuli eng yuqori choʻqqisiga yetgan "Gernika" pannosi (1937, Zamonaviy sanʼat muzeyi, Nyu-Yorkda) va boshqa 1940-yillar 2yarmidan P. ijodi rang-barang: dastgoxli rangtasvir, haykal-taroshlik, kulollik, ayniqsa, grafikada turkum asarlar yaratdi ("Inson komediyasi" turkumi, 1953—54 va boshqalar). P.ning ilgʻor insonparvarlik karashlari uning asarlarida ("Tinchlik ka-butari", tush, 1947; "Tinchlik" va "Urush" namoyonlari, 1952, Vallorisdagi "Tinchlik ibodatxonasi" kapella-sida va boshqalar) oʻz ifodasini topdi. P. ijodi 20-asr ijodkorlariga kuchli taʼsir koʻrsatgan. P. Xalqaro tinchlik muko-foti (1950) va boshqa mukofotlar laureati.[1]

La-Korunya (18941895), Barselona (1895-yildan), Madrid (18971898) shaharlarining san'at maktablarida tahsil olgan. 1904-yildan boshlab Parijda yashagan.

1907-yildan Jorj Brak bilan birgalikda kubizmning asoschisi. Bunda uch yuzali tana original ravishda bir qator yagonaga qoʻshilgan yuzalar kabi chizilgan. Pikasso grafikchi, haykaltarosh, keramikachi va hokazolar sifatida koʻp ishlaydi. Juda koʻp taqlidchilarni hayotga keltiradi va XX asr tasviriy san'atining rivojlanishiga alohida ta'sir koʻrsatadi.

Ikkinchi jahon urushi paytida Olmoniya tarafidan okkupatsiya qilingan Fransiyada qolgan.

Xalqaro Tinchlik mukofoti (1950) va "Xalqlar oʻrtasida tinchlikni mustahkamlagani uchun" Xalqaro Lenin nomidagi mukofotining (1962) sohibi.

Huan Gris tomonidan ishlangan Pikassoning portreti (1912)
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil