Henri Matisse
Henri Matisse | |
Haqiqiy ismi | Henri Matisse |
Tavalludi | 31-dekabr 1869-yil Le Cateau-Cambrésis, Nord-Pas-de-Calais |
Vafoti | 3-noyabr 1954-yil (84 yoshda) Nays, Fransiya |
Millati | Fransuz |
Sohasi | rassomlik, haykaltaroshlik |
Oqim | Fovizm, Modernizm |
Mashhur suratlari | Qizil rangdagi monandlik, 1908 |
Henri Matisse (talaffuzi: Anri Matiss; 31-dekabr, 1869 – 3-noyabr, 1954) – oʻzining ajoyib ranglar va koʻrinishlar orqali hissiyotlarini uzata olishi bilan mashhur fransuz rassomi. Rassom va haykaltarosh sifatida Matisse yigirmanchi asrning eng buyuk kishilaridan biri.
MATISS (Matisse) Anri Emil Be-nua (1869.31.12, Lekato, Pikardiya — 1954.3.11, Simyez, Nitssa yaqinida) — fransuz rassomi va haykaltaroshi; fovizmnmng yirik namoyandasi. Parijdagi Jyulian akademiyasida (1891-yildan), Bezak sanʼati maktabi (1893-yildan) va Nafis sanʼat maktabi (1895—99)da taʼlim olgan. Sharqsanʼ-atidan ilhomlangan; ayniqsa, Kamoliddin Behzod miniatyura maktabita mansub miniatyura asarlari uning ijodiga katta taʼsir koʻrsatgan. M. ijodida hayot shavqi, quvonch baxsh etadigan narsalar anik, kompozitsiya va sof ranglarda tasvirlanadi: "Qizilxona" (1908), "Raqs", "Musiqa" (1910), "Rassomning ustaxonasi", "Qizil baliqchalar" (1911), "Musiqa darsi" (1916—17), "Chigʻanoqli natyurmort" (1940) va boshqa M. 1900-yillardan haykaltaroshlik bilan shugʻullandi; grafik rassom sifatida gravyura, litografiya, ofort asarlari yaratdi ("Mavzu va variatsiyalar", 1941 va boshqalar), 1940-yillarda koʻproq rangli qogʻoz bilan applikatsiya usulida asarlar ishladi ("Jaz" turkumi, 1944—47 va boshqalar).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |