Xolid ibn Muxlid Bojaliy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xolid ibn Muxlid Bojaliy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis

Abu Haysum Xolid ibn Muxlid Bojaliy Kufiy Qatvoniymuhaddis, Imom. (vaf. 828-yil).

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Haysum Xolid ibn Muxlid Bojaliy Kufiy Qatvoniy IX asrda yashab faoliyat qilgan olim. Xolid ibn Muxlid Bojaliy tug‘ilgan yili ma’lum emas ammo hijriy 213, miloddiy 828-yilda vafot etganligi manbalarda ko‘rsatilgan[1]. O‘z davrining mashhur muhaddislaridan bo‘lgan. Shuningdek Imom, kuchli hofiz, ishonchli roviylardan bo‘lgan. Asosan, Madina ahlidan hadis rivoyat qilgan. Xolid ibn Muxlid Bojaliy ko‘plab muhaddislar Molik ibn Anas, Abu G‘osn Sobit ibn Qays, Sulaymon ibn Bilol, Nofiy ibn Abu Nofiy, Ali ibn Solih ibn Hayy, Kasir ibn Abdulloh ibn Avf, Abdulloh ibn Ja’far Muxrimiy, Muhammad ibn Muso Fitriy kabi mashhur muhaddislardan hadis ilmini o‘rgangan[2]. Xolid ibn Muxlid Bojaliy rivoyat qilgan hadislarni Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Termiziy, Imom Ibn Moja, Abbos Davriy, Abu Umayya Torsusiy, Muhammad ibn Usmon ibn Karroma, Muhammad ibn Shaddod Masmaiy kabi muhaddislar o‘zlarining hadis to‘plamlariga kiritishgan.

E’tiroflar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xolid ibn Muxlid haqida Yahyo ibn Muin shunday fikr yuritadi: “Yaxshi muhaddis va roviylardandir”.[3] Ahmad ibn Hanbal muhaddis haqida uning rivoyat qilgan hadislari ichida zaiflari, munkarlari ham borligini aytib, uning hadislaridan faqat zarurat vaqtida olish mumkinligini keltirib o‘tgan.[4]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Shukurillo Umarov “Abdulhamid Keshiy hayoti va ilmiy merosi” Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2013 yil.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Zahabiy. Siyaru a’lomi-n-nubalo. J. 10. –B. 217-219.
  2. Zahabiy. Siyaru a’lomi-n-nubalo. J. 10. –B. 217-219.
  3. Tahzibu-l-kamol. –B. 367.
  4. Qarang: Tabaqatu-l-kubro. J. 6. –B. 406.