Kontent qismiga oʻtish

Xirillash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xirillash – traxeya, bronx va oʻpkadagi patalogik oʻzgarishlar natijasida yuzaga keladigan nafas shovqini. Xirillash nafas yoʻllarining torayishi yoki nafas yoʻllariga yot jismlarni tiqilib qolishi natijasida paydo boʻlishi mumkin, shuningdek, allergiya, infeksiyalar, astma va hatto surunkali obstruktiv oʻpka kasalligi yoki yurak yetishmovchiligi kabi jiddiy kasalliklar ham xirillashga sabab boʻlishi mumkin[1].

Turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xirillashning paydo boʻlishi va ovoz eshitilishiga koʻra nam va quruq turlari farqlanadi[2].

Quruq xirillashlar – asosan bronxlarda yoki shilliq qavatlarda shishlar va nafas yoʻllarida oʻta quyuq balgʻam hosil boʻlishi natijasida yuzaga chiqishi mumkin[3]. Nafas olish va chiqarish vaqtida yirik va oʻrta bronxlar boʻshligʻidagi quyuq balgʻamning koʻchishi natijasida ham quruq xirillash yuzaga chiqadi[4].

Nam xirillashlar – Bronxlar va oʻpkaning patologik oʻzgarishilarda, boʻshliqlarda suyuq sekretlarni (balgʻam, qon, yiring) toʻplanishi natijasida nam xirillashlar yuzaga chiqadi. Nam xirillashlar mayda, oʻrta va yirik kalibrli bronxlar boʻshligʻining torayishi natijasida yuzaga keladi[5].

Sabablari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Astma – nafas olish yoʻllarining yalligʻlanishi va torayishi natijasida yuzaga chiqadigan surunkali kasallik boʻlib, koʻpincha xirillash, yoʻtalish va nafas olishning qiyinlishuviga olib keladi[6].

Bronxit – oʻtkir yoki surunkali boʻlishi mumkin boʻlgan bronxlarning yalligʻlanishi natijasida koʻpgina holatlarda yoʻtalish va xirillash kabi belgilarni yuzaga chiqaradi[7].

● Nafas olish yoʻllaridagi infeksiyali kassaliklarda masalan: pnevmoniya yoki oʻtkir respiratorli infeksiyalar, shish va shilliq toʻplanishi tufayli xirillashga olib kelishi mumkin.

Allergiya. Allergik reaksiyalar nafas yoʻllarida shish va yalligʻlanishni keltirib chiqarishi mumkin, bu esa xirillashga olib keladi.

● Oʻpkada suyuqlik toʻplanishi, yurak yetishmovchiligi yoki begona jismning aspiratsiyasi natijasida xirillash boʻlishi mumkin.

Traxeit – rivojlangan holatlarda traxeya shilliq qavatining yalligʻlanishi, quruq xirillashlar kuzatilishi mumkin.

Faringit – halqum shilliq qavatining yalligʻlanishi, nafas olish tizimining asosiy organlariga tez tarqalishi mumkin. Bu yoʻtalayotganda koʻkrak qafasida xirillash paydo boʻlishiga olib keladi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „хрипы“. edkar.ru. Qaraldi: 30-may 2024-yil.
  2. „Хрипы в груди при выдохе“ (Rus tili). apteka.net.ua (2024-yil 15-fevral). Qaraldi: 30-may 2024-yil.
  3. „Хрипы в легких“. www.primamedica.ru. Qaraldi: 30-may 2024-yil.
  4. „Хрипы в легких“. docma.ru (2020-yil 28-yanvar). Qaraldi: 30-may 2024-yil.
  5. Ichki kasalliklar propedevtikasi. n.ziyouz.com: https://n.ziyouz.com/books/kollej_va_otm_darsliklari/tibbiyot/Ichki%20kasalliklar%20propedevtikasi%20(A.Gadayev).pdf,+2012+—+131 bet. 
  6. „Хрипы в грудной клетке“. https://www.invitro.ru/. Qaraldi: 30-may 2024-yil.
  7. „Хрипы в грудной клетке“. klinikabudzdorov.ru. Qaraldi: 30-may 2024-yil.