Xalqaro xotira assotsiatsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xalqaro xotira assotsiatsiyasi
Turi Xalqaro tashkilot
Ishga tushgan sanasi 5-iyun, 2016-yil (7 yil avval) (2016-06-05)
Joylashuvi Myunxen, Germaniya[1]
Vebsayti www.iam-memory.org

Xalqaro xotira assotsiatsiyasi (inglizcha: International Association of Memory yoki IAM) — turli milliy xotira sporti federatsiyalarini birlashtiruvchi xalqaro tashkilot boʻlib, xalqaro xotira musobaqasining boshqaruv organi sifatida ishlaydi. Xalqaro xotira assotsiatsiyasi 2016-yil 5-iyulda tashkil etilgan[2] va shtab-kvartirasi Germaniyaning Myunxen shahrida joylashgan[3].

Tashkilot dastlab 1991-yilda xotira boʻyicha birinchi jahon chempionatiga mezbonlik qilgan xotira sporti tashkilotchisi boʻlgan Jahon xotira sport kengashi (inglizcha: World Memory Sports Council; qisqartmasi: WMSC) tomonidan oʻtkaziladigan musobaqalarda ishtirok etgan xotira raqobatchilari va tashkilotchilari tomonidan tashkil etilgan. 45 nafar ishtirokchi va hakamlar dastlabki eʼlon xatiga oʻz nomlarini imzoladilar. Xalqaro xotira assotsiatsiyasi oldingi Jahon xotira sport kengashi musobaqalaridagi tadbirlar tuzilmasi, reytinglari va unvonlarini olib bordi[4]. Yaratilganidan soʻng, Xalqaro xotira assotsiatsiyasi Jahon xotira sport kengashidan farqli ravishda oʻzining reyting tizimini saqlab qoldi.

Tashkilot oʻzini “xotira sportini barchaga yetkazish va xotira hamjamiyatiga erkin hamda demokratik muhitni taʼminlashga qaratilgan keng koʻlamli dunyo miqyosidagi federatsiya” deb taʼriflaydi[5]. 2018-yil dekabr oyida Xalqaro xotira assotsiatsiyasi oʻzining birinchi kengashini sayladi. U 10 ta aʼzodan iborat boʻlib, 5 ta qitʼadan 2 tadan odam bor.[6].

Musobaqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi Xalqaro xotira assotsiatsiyasi musobaqasi 2016-yilda Kaliforniyaning San-Diego shahrida Xotira ligasi (inglizcha: Memory League) bilan hamkorlikda boʻlib oʻtdi[7]. 2017-yil dekabr oyida ilk marotaba xotira boʻyicha jahon chempionati Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tdi[8][9]. Xalqaro xotira assotsiatsiyasi 2018-yil dekabr oyida Avstriyaning Vena shahrida o‘zining ikkinchi xotira bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qildi[10].

Anʼanaviy Xalqaro xotira assotsiatsiyasi musobaqalari, asosan Jahon xotira sport kengashi tomonidan yaratilgan musobaqalar bilan bir xil. Masalan, Xotira boʻyicha jahon chempionati 3 kunlik musobaqa boʻlib, quyidagi 10 ta yoʻnalishdan iborat:

  • 15 daqiqalik ismlar va yuzlar;
  • 30 daqiqalik binar raqamlar
  • 1 soatlik raqamlar;
  • 5 daqiqalik rasmlar;
  • 5 daqiqalik raqamlar;
  • 5-daqiqalilik tarixiy sanalar;
  • 1 soatlik kartalar;
  • 15 daqiqalik soʻzlar;
  • ogʻzaki raqamlar;
  • tezlik kartalari.

2017-yilda Xalqaro xotira assotsiatsiyasi Jahon xotira sport kengashi tomonidan ishlatiladigan 15 daqiqalik abstrakt (mavhum) tasvirlar hodisasini 5 daqiqalik aniq tasvirlar hodisasi bilan almashtirdi[11].

Xalqaro xotira assotsiatsiyasi AQSH[12][13], Buyuk Britaniya[14][15], Germaniya[16], Ispaniya[17], Shvetsiya[18][19], Daniya Indoneziya[20], Fransiya[21], Kanada[22], Avstriya[23], Misr[24], Liviya[25], Xitoy[26][27], Hindiston[28], Mongoliya[29], Avstraliya,[30] Koreya[31], Yaponiya[32], Filippi,[33], Singapur[34] va Tayvanda[35] chempionatlarga mezbonlik qilgan. Musobaqalarning toʻliq roʻyxati, natijalar, reytinglar, milliy va jahon rekordlari statistika bilan Xalqaro xotira assotsiatsiyasining veb-saytida tanishish mumkin[36].

Jahon xotira sport kengashi modeliga asoslanib Xalqaro xotira assotsiatsiyasi yangi jahon reyting tizimini yaratdi. Bu tizim raqobatchilarning faqat eng yuqori ball toʻplagan musobaqalaridan emas, balki eng soʻnggi uchta musobaqasini oʻz ichiga oladi[37]. Tashkilot, shuningdek, "darajalar" tizimini joriy qildi va ularning koʻrsatkichlarini “Xotira boʻyicha Grand Master” unvoniga moslashtirdi.[38]

Hamkorlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anʼanaviy 10 ta yoʻnalishli xotira chempionatlariga qoʻshimcha ravishda, Xalqaro xotira assotsiatsiyasi Xotira ligasi bilan hamkorlik qiladi. Ular butunlay raqamli, oʻzaro oʻyinlarga ega va qisqaroq yoʻnalishlardan tashkil topgan musobaqalarni taklif qiladi[39]. Xotira ligasining beshta yoʻnalishi ismlar, soʻzlar, tasvirlar, raqamlar va kartalarni bir daqiqada eslab qolishdir.

Shuningdek qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Xotira grossmeysteri
  • Idrok sporti boʻyicha jahon chempionatlari roʻyxati
  • Xotira sporti
  • Lokatsiya usuli
  • Mnemonik major tizimi
  • Mnemonist
  • AQSh xotira chempionati

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Legal information“. Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
  2. „IAM Announcement Letter | International Association of Memory“. www.iam-memory.org. Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
  3. „Legal information and Impressum | International Association of Memory“. www.iam-memory.org. Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
  4. „IAM Announcement Letter | International Association of Memory“. www.iam-memory.org. Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
  5. „About us | International Association of Memory“. www.iam-memory.org. Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
  6. „Meet the newly elected IAM International Board | International Association of Memory“. www.iam-memory.org. Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
  7. „World Memory League Championship 2016 | Memory League“. memoryleague.com. Qaraldi: 2016-yil 12-yanvar.
  8. „Jakarta hosts World Memory Championship 2017 | The Jakarta Post“. www.thejakartapost.com. Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
  9. „Memory champion Yanjaa Wintersoul believes anyone can learn to remember | NBC News“. www.thejakartapost.com. Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
  10. „World Memory Championships 2018 | International Association of Memory Statistics“. www.iam-stats.org. 2019-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-yanvar.
  11. „IAM announcement – 5-min Images: version, standard and database / new standards for other disciplines | International Association of Memory“. www.iam-memory.org. Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
  12. „Extreme Memory Tournament 2016 | International Association of Memory“. www.iam-memory.org. Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
  13. „IAM US Memory Open 2016 | International Association of Memory“. www.iam-memory.org. Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
  14. „UK Memory League Championship 2016 | Memory League“. memoryleague.com. Qaraldi: 2016-yil 12-yanvar.
  15. „Tournament Report from the 2016 European Open in London | International Association of Memory“. www.iam-memory.org. Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
  16. „German Memory League Championship 2017 | Memory League“. memoryleague.com. Qaraldi: 2016-yil 12-yanvar.
  17. „Great Results and a World Record at the IAM Spanish Open | International Association of Memory“. www.iam-memory.org. Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
  18. „Tournament Report Swedish Open 2017 | International Association of Memory“. www.iam-memory.org. Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
  19. „Scandinavia Memory League Championship 2017 | Memory League“. memoryleague.com. Qaraldi: 2016-yil 12-yanvar.
  20. „World Memory Championships 2017 | International Association of Memory Statistics“. www.iam-stats.org. Qaraldi: 2016-yil 12-yanvar.
  21. „French Open Memory Championships 2017 | International Association of Memory Statistics“. www.iam-stats.org. Qaraldi: 2016-yil 12-yanvar.
  22. „Canada Memory League Championship 2018 | Memory League“. memoryleague.com. Qaraldi: 2016-yil 12-yanvar.
  23. „World Memory Championships 2018 | International Association of Memory Statistics“. www.iam-stats.org. 2019-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-yanvar.
  24. „Egypt Memory Championships 2016 | International Association of Memory Statistics“. www.iam-stats.org. Qaraldi: 2016-yil 12-yanvar.
  25. „Libya Open Memory Championships 2016 | International Association of Memory Statistics“. www.iam-stats.org. Qaraldi: 2016-yil 12-yanvar.
  26. „Hong Kong Open Memory Championships 2016 | International Association of Memory Statistics“. www.iam-stats.org. Qaraldi: 2016-yil 12-yanvar.
  27. „Asia Open Memory Championships 2017 | International Association of Memory Statistics“. www.iam-stats.org. Qaraldi: 2016-yil 12-yanvar.
  28. „India Memory Championships 2016 | International Association of Memory Statistics“. www.iam-stats.org. Qaraldi: 2016-yil 12-yanvar.
  29. „Mongolia Memory Championships 2016 | International Association of Memory Statistics“. www.iam-stats.org. Qaraldi: 2016-yil 12-yanvar.
  30. „Australian Memory Championships 2016 | International Association of Memory Statistics“. www.iam-stats.org. Qaraldi: 2016-yil 12-yanvar.
  31. „Korea Open Memory Championships 2017 | International Association of Memory Statistics“. www.iam-stats.org. Qaraldi: 2016-yil 12-yanvar.
  32. „Japan Memory Championships 2017 | International Association of Memory Statistics“. www.iam-stats.org. Qaraldi: 2016-yil 12-yanvar.
  33. „Philippine Open Memory Championships 2017 | International Association of Memory Statistics“. www.iam-stats.org. Qaraldi: 2016-yil 12-yanvar.
  34. „Singapore Open Memory Championships 2017 | International Association of Memory Statistics“. www.iam-stats.org. Qaraldi: 2016-yil 12-yanvar.
  35. „Taiwan Open Memory Championships 2017 | International Association of Memory Statistics“. www.iam-stats.org. Qaraldi: 2016-yil 12-yanvar.
  36. „World Records | International Association of Memory statistics“. iam-stats.org. Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
  37. „New world ranking proposal – send us your feedback! | International Association of Memory“. iam-memory.org. Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
  38. „IAM WMC: Level System and news on the Grandmaster title | International Association of Memory“. iam-memory.org. Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
  39. „About us | International Association of Memory“. www.iam-memory.org. Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.