Kontent qismiga oʻtish

Xalqaro shaxmat kuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xalqaro shaxmat kuni (inglizcha: International Chess Day) shaxmat oʻyiniga bagʻishlangan xalqaro bayramr. 1966-yildan beri har yili 20-iyulda nishonlab kelinadi[1].

Tarixi va bayram qilinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro shaxmat kuni 1966- yildan beri nishonlanadi. Shaxmat kuni bayramini joriy qilish tashabbusi 1924-yil 20-iyulda Parijda tashkil topgan Butunjahon shaxmat federatsiyasiga (FIDE) tegishli[2]. 2012-yilda FIDE maʼlumotlariga koʻra, dunyoda 605 million katta yoshli kishi doimiy ravishda shaxmat oʻynaydi[3].


Bayram 178 ta davlatda nishonlanadi. Bayram qilish anʼanasiga YuNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan asos solingan. Shu kuni FIDE[4] homiyligida imkon qadar turli mavzudagi tadbirlar va musobaqalar oʻtkaziladi. Bir vaqtning oʻzida shaxmat seanslari qamoqxonalarda ham oʻtkaziladi[5].

2004-yil 20-iyulda jahon chempioni Anatoliy Karpov Kremlda bir vaqtda oynaladihgan seans oʻtkazdi. Boshqalar qatorida u deputat Vladimir Jirinovskiy bilan durang oʻynadi. Ular 150 000 AQSh dollarida baholangan olmos figuralarining badiiy toʻplamida dona surishdi[6].

  1. Mejdunarodniy den shaxmat — 20-iyulya. Istoriya i osobennosti prazdnika v proekte Kalendar Prazdnikov 2010
  2. „Международный день шахмат“. РИА Новости (2012-yil 20-iyul). Qaraldi: 2015-yil 6-iyul.
  3. „178 стран отмечают Международный день шахмат“. Вести.Ру (2013-yil 20-iyul). Qaraldi: 2015-yil 6-iyul.
  4. Po sluchayu mejdunarodnogo dnya shaxmat batyushka provel seans odnovremennoy igri s… zaklyuchennimi. Tserkovno-nauchniy sentr „Pravoslavnaya Ensiklopediya“
  5. Po sluchayu mejdunarodnogo dnya shaxmat batyushka provel seans odnovremennoy igri s… zaklyuchennimi. Tserkovno-nauchniy sentr „Pravoslavnaya Ensiklopediya“
  6. Василенко Р. „20 июля – ВСЕМИРНЫЙ ДЕНЬ ШАХМАТ“. Русский Базар, № 31 (431) (2004-yil 29-iyul). Qaraldi: 2015-yil 6-iyul.