Kontent qismiga oʻtish

Xalqaro shaxmat kuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

“Al-Beruniy”, Buxoro va Termiz shaharlarida “Turizm va shaxmat haftaligi” xalqaro turnirlari o‘tkazilishi belgilangan.

Hozirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari va delegatsiya vakillari 28 joriy yilning iyul – 8 avgust kunlari Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan shaxmat olamidagi eng nufuzli musobaqalardan biri xisoblangan, 1924 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan jahon shaxmat olimpiadasining 44-turnirida ishtirok etish uchun muhim tayyorgarlik ishlarini olib borishmoqda.

Mazkur olimpiada doirasida 2026 yilda tashkil etiladigan 45-jahon shaxmat olimpiadasi mezbonligi uchun tender ham bo‘lib o‘tadi. Kelgusi olimpiada mezbonligi uchun e’lon qilingan tenderda halqaro toifadagi shaxmatchilar, grossmeysterlar diyori sifatida O‘zbekiston ham nomzod sifatida ishtirok etadi.

“Aql gimnastikasi” xisoblangan shaxmat nafaqt o‘sib kelayotgan yosh avlodning balki, kattalarning ham tafakkurini o‘stirishga, rivojlantirishga xizmat qiladi. Chunki, shaxmat kishidan yuksak aql-zakovat, sabr-toqat, matonat, iroda va o‘z vaqtida to‘g‘ri qaror qabul qilishni talab qiladigan sport turidir.

Shu sababli shaxmat bilan shug‘ullangan har bir inson har qanday vaziyatda to‘g‘ri va odilona yechim topishni o‘rganadi, desak, hech mubolag‘a bo‘lmaydi Xalqaro shaxmat kuni (inglizcha: International Chess Day) shaxmat oʻyiniga bagʻishlangan xalqaro bayramr. 1966-yildan beri har yili 20-iyulda nishonlab kelinadi[1].

Tarixi va bayram qilinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro shaxmat kuni 1966- yildan beri nishonlanadi. Shaxmat kuni bayramini joriy qilish tashabbusi 1924-yil 20-iyulda Parijda tashkil topgan Butunjahon shaxmat federatsiyasiga (FIDE) tegishli[2]. 2012-yilda FIDE maʼlumotlariga koʻra, dunyoda 605 million katta yoshli kishi doimiy ravishda shaxmat oʻynaydi[3].


Bayram 178 ta davlatda nishonlanadi. Bayram qilish anʼanasiga YuNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan asos solingan. Shu kuni FIDE[4] homiyligida imkon qadar turli mavzudagi tadbirlar va musobaqalar oʻtkaziladi. Bir vaqtning oʻzida shaxmat seanslari qamoqxonalarda ham oʻtkaziladi[5].

2004-yil 20-iyulda jahon chempioni Anatoliy Karpov Kremlda bir vaqtda oynaladihgan seans oʻtkazdi. Boshqalar qatorida u deputat Vladimir Jirinovskiy bilan durang oʻynadi. Ular 150 000 AQSh dollarida baholangan olmos figuralarining badiiy toʻplamida dona surishdi[6].

  1. Mejdunarodniy den shaxmat — 20-iyulya. Istoriya i osobennosti prazdnika v proekte Kalendar Prazdnikov 2010
  2. „Международный день шахмат“. РИА Новости (2012-yil 20-iyul). Qaraldi: 2015-yil 6-iyul.
  3. „178 стран отмечают Международный день шахмат“. Вести.Ру (2013-yil 20-iyul). Qaraldi: 2015-yil 6-iyul.
  4. Po sluchayu mejdunarodnogo dnya shaxmat batyushka provel seans odnovremennoy igri s… zaklyuchennimi. Tserkovno-nauchniy sentr „Pravoslavnaya Ensiklopediya“
  5. Po sluchayu mejdunarodnogo dnya shaxmat batyushka provel seans odnovremennoy igri s… zaklyuchennimi. Tserkovno-nauchniy sentr „Pravoslavnaya Ensiklopediya“
  6. Василенко Р. „20 июля – ВСЕМИРНЫЙ ДЕНЬ ШАХМАТ“. Русский Базар, № 31 (431) (2004-yil 29-iyul). Qaraldi: 2015-yil 6-iyul.